Rossiya

SSSR xalqlariga qarshi genotsid: fashistlar vahshiyliklari yuzasidan jinoyat ishi birlashtirildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishZasedaniye kollegii Sledstvennogo komiteta RF
Zasedaniye kollegii Sledstvennogo komiteta RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Tergov qoʻmitasi fashistlarning SSSR tinch aholisiga qarshi vahshiyona qilmishlari yuzasidan jinoyat ishini birlashtirishga qaror qildi.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiya Tergov qoʻmitasi fashistlarning tinch aholiga nisbatan vahshiyliklari toʻgʻrisidagi jinoiy ishlarni bitta - SSSR xalqlariga qarshi amalga oshirilgan genotsid haqida yagona jinoyat ishiga birlashtirishga qaror qildi, dedi Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin RIA Novostiga bergan intervyusida.
Qoʻmita rahbariga koʻra, Novgorod viloyati Jestyanaya Gorka qishlogʻida sodir boʻlgan ommaviy qatliomlar toʻgʻrisida,SS-10 "a" Zonderkomandaning aʼzolari tomonidan Yeysk bolalar uyida sovet fuqarolarini yoʻq qilish jazo operatsiyalari, unda 200 nafardan ortiq bola oʻldirilgan, shuningdek, Pskov viloyatining Moglino qishlogʻi va Simferopol tumanidagi sobiq kontslagerlarda saqlanayotgan odamlarni oʻldirish holatlari haqida gap ketmoqda.
Uchastniki shestviya latыshskogo legiona Vaffen SS v Rige. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Analitika
AQSH razvedkasi Latviya SS shafqatsiz jallodlarini yollagan - doklad
Bundan tashqari, jinoyat ish yurutiviga 1942 yilda Rostov viloyatida tinch aholini qatl etish ishlarini kiritildi, bu yerda Shaxti shahri, Zmiyovskaya Balka qishlogʻi va Morozov tumani yaqinida 30 mingdan ortiq kishi otib oʻldirilgan.
"Shafqatsiz jazolash harakatlarining koʻlami va sovet ittifoqi respublikalarining tinch aholisini butunlay yoʻq qilishga qaratilgan qilmishlari haqida olingan dalillarni hisobga olgan holda, TQ Sovet Ittifoqi xalqlarini nemis-fashistlar bosqinchilar tomonidan amalga oshirilgan genotsid yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatishga qaror qildi”, - dedi Tergov qoʻmitasi rahbari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala