Jamiyat

Oʻzbekistonda aroq, konyak va vino narxi oshdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishVino v bokale
Vino v bokale - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Aroq, konyak, vino va boshqa alkogolli mahsulotlarning minimal narxi oshdi.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Moliya vazirligining qaroriga asosan 20 martidan boshlab aroq, konyak, vino va boshqa alkogolli mahsulotlarning minimal narxi oshdi.
Hujjatga muvofiq, spirtli ichimliklarning quyidagi narxlari belgilandi:
Vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 11 200 soʻm (ilgari 9 400 soʻm);
eng kam chakana narx – 13 200 soʻm (ilgari 11 200 soʻm).
Konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 41 200 soʻm (ilgari 33 000 soʻm);
eng kam chakana narx – 49 400 soʻm (ilgari 39 000 soʻm).
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 28 600 soʻm (ilgari 24 000 soʻm);
eng kam chakana narx – 34 400 soʻm (ilgari 28 500 soʻm).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala