Analitika

Muvaffaqiyatli tajriba - Moskvada elektrobuslar soni 600dan oshdi

© MosgortransMoskovskiy elektrobus
Moskovskiy elektrobus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Moskva 2021 yilda dizel avtobuslarni sotib olishdan toʻliq voz kechdi, trolleybular ham yoʻnalishlardan chiqarilmoqda, elektrobuslar soni esa 600 dan oshdi.
TOSHKENT, 23 mar – Sputnik. Moskva elektrobuslardan foydalana boshlaganiga yaqinda 3 yil boʻladi. Oʻtgan davr mobaynida Rossiya poytaxti elektrobuslarning bir necha turini sinovdan oʻtkazdi va oʻziga keraklisini saralab oldi. Ayni damda elektrobuslar sonini 600dan oshgan.

Moskva elektrobusi qanday boʻlishi kerak

Moskvada elektrobuslarni sinovdan oʻtkazish ilk bor 2017 yilda boshlangan edi. Oʻshanda Xitoyning Yutong kompaniyasi hamda Moskva viloyatida joylashgan LIAZ avtobus zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan 2 turdagi elektrobuslar uzoq muddatli sinovda oʻtkazilgan edi.
Elektrobus nachnet perevozit passajirov uje na sleduyuщey nedele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2019
Jamiyat
Birinchi elektrobus Toshkent yoʻllariga chiqdi
Xitoy avtobusi bir quvvatlanishda 250 km masofa bosib oʻtsa Rossiya avtobusi – 60 km masofaga yurgan. Lekin Rossiya avtobusi tez zaryad olish xususiyatiga ega boʻlgan.
Undan tashqari LIAZ Yevropa standartlariga muvofiq yaratilgan boʻlib mutlaq tekis va past polga ega boʻlgan. Bu yoʻlovchilar uchun juda qulayligi aniqlangan.
Xitoy avtobusi litiytemirfosfatli LiFePo4 akkumulyatoridan foydalangan. Rossiya avtobusi esa MpCO turdagi akkumulyatorlardan (U ham Xitoyda ishlab chiqariladi) foydalangan. Ushbu ikkala turdagi akkumulyatorlar ham elektr transporti uchun eng zamonaviy batareya hisoblanadi.
Faqat MpCO batareyasining tez quvvatlanish xususiyati shahar transporti uchun qoʻl kelgan. Yaʼni avtobus soʻnggi bekatga yetib kelganda 6 daqiqa ichida 50% zaryad olishi mumkin.
V Tashkente nachalos testirovaniye kitayskogo elektrobusa Yutong. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2020
Jamiyat
Poytaxtda yana bir elektrobus sinovdan oʻtmoqda
Keyinchalik Rossiyaning eng yirik yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchisi boʻlgan Kamaz ham Moskva uchun elektrobuslar yetkazib bera boshladi. Bugungi kunga kelib Kamaz birinchilardan boʻlib "garmoshka" elektrobuslar ham ishlab chiqarishni boshlagan.
Keyinchalik, Moskvada elektrobuslar harakatlanayotgan eng uzun yoʻnalish 48 km ekanini hisobga olganda 60km masofaga yetadigan akkumulyator bilan jihozlangan avtobus hech qanday muammosiz ishlashi maʼlum boʻlgan.
© Za RulemMoskovskiy elektrobus
Moskovskiy elektrobus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Moskovskiy elektrobus
Avtobuslarni zaryadlash ularning tomi ustida joylashgan, koʻtariladigan shox orqali juda qulay va xavfsiz ravishda amalga oshiriladi. Avtobus oxirgi bekatga yetib kelganda ana shunday quvvatlash moslamasi ostida toʻxtaydi zaryad oladi.
Mosgortrans ana shunday quvvatlash moslamalarini ayrim bekatlarda ham oʻrnatishni rejalashtirgan. Undan tashqari elektrobuslar uchun maxsus "tez yordam" mashinasi ham bor. Avtobus zaryadi tugab qolganda u bir necha daqiqa ichida uni quvvatlashi mumkin.
Yuqori quvvatli zaryadlash stantsiyalari atobus ishlab chiqaruvchisi tomonidan yetkazib beriladi. Bunday stantsiya 500 amper tok bilan avtobusni zaryadlashi mumkin. Bunda 6-9 daqiqa ichida avtobus akkumulyator 50 % zaryad oladi. 16-21 daqiqda ichida 100%.
Undan tashqari oddiy simli 20 amperli tungi zaryadlash stantsiyalari ham bor. Ushbu stantsiyalar avtobusni 5-6 soat ichida toʻliq quvvatlaydi.
Elektrobus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2020
Iqtisod
Toshkent uchun 1 trln soʻmga 300 dona elektrobus xarid qilish rejalashtirilmoqda

Elektrobus muammolari

Albatta elektrobuslarning oʻziga yarasha muammolari ham bor. Birinchi navbatda ularning narxi – 32-38 mln rubl. Bu pulga 2ta trolleybus yoki 2,5 ta dizel avtobus sotib olsa boʻladi. Elektrobu narxining 3/1 qismini uning akkumulyatori narxi tashkil qiladi – 9 mln rubl.
Lekin Moskva elektrobuslarni 15 yillik toʻliq ishlab berish sharti bilan sotib oladi.Yaʼni ishlab chiqaruvchi ushbu muddat davomida oʻz mahsulotining ishga shay boʻlishin taʼminlab berishi kerak. Solishtirish uchun bugun shahar avtobuslarining oʻrtacha ishlash muddati 7 yilni tashkil qiladi.
© MosgortransMoskovskiy elektrobus
Moskovskiy elektrobus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Moskovskiy elektrobus
Sovuq iqlimda elektrobuslaring yana bir muammosi – salonni nima bilan isitish va akkumulyatorlari normal ishlashi +7+12 daraja haroratni saqlab turish. Moskvada qish vaqti havo harorati -35 darajagacha tushib ketishi mumkin. Shu sababli elektrobus juda murakkab va puxta oʻylangan isitish/sovutish tizimiga ega.
1.
Elektromotorlar ishlab chiqarayotgan issiqlik, avtobus orqa mostiga oʻrnatilgan maxsus radiatorlar orqali suyuuqlik yordamida olinib salonni va batareyalar boʻlimini isitish uchun foydalaniladi.
2.
Bu yetarli boʻlmaganda yoki qattiq sovuqda - quvvati 350 vatt boʻlgan qoʻshimcha dizel isitgich (Webasto)dan foydalaniladi.
3.
Yoz vaqtida avtobus oddiy konditsioner yordamida sovutiladi.

Yorqin kelajak

Moskva 2021 yildan boshlab dizel avtobuslari sotib olishdan toʻliq voz kechdi. Undan tashqari 2020 yildan boshlab trolleybuslardan ham voz kechishni boshlagan edi. Yaqin kelajakda ularning oʻrnini elektrobuslar egallaydi.
Bugungi kunda bu yerda 42-ta yoʻnalishda 600 dan ortiq elektrobuslar ishlamoqda. Oʻtgan davr mobaynida ular yordamida atmosferaga 400 tonna SO2 chiqindisi tashlanmadi. Yaqin 3 yil ichida Moskva yana 1675ta elektrobus sotib olishni rejalashtirgan.
1/4
2/4
3/4
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala