Rossiya

“Qotil enaga” Gulchehra Boboqulova Rossiyadan “deport” qilinadi

© VASILY MAXIMOV / AFPNyanya Gyulchexra Bobokulova, obvinyayemaya v ubiystve 4-letney devochki
Nyanya Gyulchexra Bobokulova, obvinyayemaya v ubiystve 4-letney devochki  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Davolanish yakunlangandan soʻng oʻzbekistonlik Gulchehra Boboqulova Rossiyadan deportatsiya qilinadi.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Davolanish yakunlangandan soʻng oʻzbekistonlik Gulchehra Boboqulova Rossiyadan deportatsiya qilinadi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga asosan xabar qildi.
2017 yil yanvar oyida Gulchehra Boboqulovaga kasalxonalardan biriga majburiy davolanish uchun joylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, qotillik 2016 yil 29 fevral kuni Moskva shimoli-gʻarbida sodir etildi.
Rossiya Tergov qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, enaga 4 yashar qizchaning ota-onasi uydan chiqib ketishini kutib turgan va shundan soʻng qizchaning kallasini kesib olib, kvartiraga oʻt qoʻygan.
Metro stantsiyasi oldida qoʻlga olingunga qadar, Boboqulova 20 daqiqalarga yaqin qoʻlida qizchaning kesilgan boshini ushlagancha koʻchada yurgan, oʻziga oʻzi gapirib, politsiyachilar va yoʻlovchilarga poʻpisa qilgan.
Jinoyat ishi doirasida oʻtkazilgan psixolog-psixiatrik ekspertizasida maʼlum boʻlishicha, 39 yoshli Boboqulova surunkali ruhiy kasallikka chalingan.
Samarqand viloyat Asab-ruhiy kasallikliklar dispanseri, Moskvada vahshiy qotillik amalga oshirgan enaga Gulchehra Boboqulova haqiqatdan ham kasalxonada “oʻtkir shizofreniya” kasalidan davolangan va psixiatr roʻyxatda turganini tasdiqlagandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala