Jamiyat

Oʻzbekistonlik talabalar uchun Rossiyaga kirish cheklovi saqlanib qolinmoqda – elchixona

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtishStudentы
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Hozircha Rossiyada tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolari bu mamlakatga kira olmaydi.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiyada tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun ushbu davlatga kirish bilan bogʻliq cheklovlar saqlanib qolmoqda. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi eslatma bilan chiqdi.
“Rossiyaga oʻqish uchun 25 mamlakat fuqarolari kirishi mumkin. 2021 yil 23 mart holatiga koʻra, Rossiya taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish bilan bogʻliq cheklovlar saqlanib qolmoqda”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga kirishi uchun ochiq davlatlar roʻyxatiga kiritilgan taqdirda, bu haqda qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Jamiyat
Nega Oʻzbekistonlik talabalarga Rossiyaga kirishga ruxsat berilmayapti
Qoʻshimcha savollar yuzaga kelganda Rossiya Ilm-fan va oliy taʼlim vazirligining Situatsion markaziga murojaat qilish tavsiya etilgan telefon - +7(495)198-00-00, elektron manzil: scminobr@mail.ru
Eslatib oʻtamiz, Rossiya xorijlik talabalar uchun oʻz chegaralarini ochdi. Mamlakatga faqat Rospotrebnadzor tomonidan epidemiologik vaziyati xavfsiz sifatida tavsiya qilingan xorijiy mamlakat fuqarolari kirishi mumkin. Rospotrebnadzor doimiy ravishda Rossiyaga talabalar kirishi mumkin boʻlgan davlatlar roʻyxatini doimiy ravishda yangilab turadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala