Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Video

Hamma kutyapti: Oʻzbekistonda ommaviy emlash – eng asosiy savollarga javoblar

Shu kechayu-kunduzda Oʻzbekiston koronavirus infektsiyasiga qarshi ommaviy emlash jarayoniga start berish arafasida turibdi. Taxminiy sana sifatida 1 aprel eʼlon qilindi.
Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasining immunoprofilaktika boʻlimi mudiri Vazira Mutalova Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda Oʻzbekistonda ommaviy emlash jarayoni qanday kechishi, kimlar birinchi va qay tartibda emlanishi haqida batafsil soʻzladi.
Ushbu jarayon uchun xodimlar tayyorgarlikdan oʻtkazilgan. Oʻzbekiston boʻyicha 3000ga yaqin vaktsinalash markazlari tayyor holatga keltirilgan: ularning barchasida vaktsina saqlash omborxonalari mavjud. Omborxonalar vaktsina saqlanadigan kameralar bilan taʼminlangan.
Misol uchun, Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga qarashli vaktsina saqlanadigan omborxona ikkita katta hajmli (30 kubometrli) kamera bilan jihozlangan.
“Ushbu omborxonalarda elektr taʼminoti uzluksiz boʻladi”, - deydi Mutalova.
Birinchi navbatda emlanadigan kontingent kimlar, umuman, emlash tartibi qanday va emlangandan keyin fuqarolar qanday qoidalarga rioya qilishlari kerakligi haqida Sputnik muxbiri video-reportajida tomosha qiling.
Video-reportaj Sputnik Oʻzbekiston xalqaro axborot agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamkorligida tayyorlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala