Migratsiya

Sankt-Peterburgda avtohalokatga uchragan fuqaroga Oʻzbekistonga qaytishda yordam berildi

© Agentstvo po vneshney trudovoy migratsiiTrudovomu migrantu popavshemu v DTP v Sankt-Peterburge pomogli vernutsya domoy
Trudovomu migrantu popavshemu v DTP v Sankt-Peterburge pomogli vernutsya domoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Avtohalokatga uchragan fuqaro uchun mehmonxonaday joy va Oʻzbekistonga qaytish chiptasi olib berildi.
TOSHKENT, 24 mar - Sputnik. Mart oyining boshida Sankt-Peterburgda iavtohalokatga uchrab oyogʻini gipslashga majbur boʻlgan mehnat migranti davlat hisobidan vataniga qaytirilmoqda, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat Migratsiyasi agentligi.
"2 mart kuni avtohalokatga uchradim. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilganimdan soʻng ular meniga yordam berishdi, xostelga (mehmonxona) joylashtirishdi. 23 mart kuni Oʻzbekistonga ketayapman. Ularga katta rahmat. Meni davlat hisobidan uyga joʻnatishmoqda" - deydi Sarimsoqov.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston prezidentining 2018 yilda chiqqan farmoniga asosan Xorijda mehnat faoliyati amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilgan edi.
Ushbu kunga qadar ushbu jamgʻarma xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan minglar fuqarolarga yordam berdi. Kimgadir bir martalik moddiy yordam, kimnidir uyiga joʻnatishga, yana kimgadir oʻz huquqlarini tiklashda va boshqa masalalarda yordam koʻrsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala