Dunyoda

“Sputnik V” dunyoda eng koʻp odamlar biladigan vaktsina deb eʼtirof etildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishNovыy punkt vaktsinatsii ot COVID-19 v TTS "Troyka"
Novыy punkt vaktsinatsii ot COVID-19  v TTS Troyka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Oʻtkazilgan soʻrovda dunyoning toʻqqizta mamlakatlarining 10 ming nafarga yaqin fuqarolari qatnashgan.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasi dunyoda eng koʻp odam biladigan vaktsina boʻldi. Bu haqda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi YouGov kompaniyasi soʻrov natijalariga tayangan holda xabar qildi.
Oʻtkazilgan soʻrovda dunyoning toʻqqizta mamlakatlarining 10 ming nafarga yaqin fuqarolari qatnashgan. Soʻrovda ishtirok etganlarning yarmi (54 foizi) Rossiyani vaktsina ishlab chiqarishda eng koʻp ishonchga ega boʻlgan mamlakat deb aytgan. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlardan mos ravishda AQSH va Buyuk Britaniya joy olgan.
“Sputnik V” eng koʻp taniladigan vaktsina hisoblanadi – soʻrovda ishtirok etganlarning 10 nafardan 7 nafari (74 foizi) Rossiya vaktsinasi haqida xabardor”, - deyilgan xabarda.
Rossiyskaya vaktsina Sputnik V v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2021
"Sputnik V" dunyodagi mashhur vaktsinalar reytingida ikkinchi oʻrinni egalladi
Tadqiqot ishtirokchilarning har uchdan biri (33,2 foizi) “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlanishga tayyorligini bildirgan.
“Dunyoning turli burchaklaridagi YouGov soʻrovi natijalari yana bir bor respondentlarning Rossiyaga vaktsina ishlab chiqaruvchisi sifatida va “Sputnik V”ga boʻlgan yuqori ishonchini namoyon etadi. Rossiya ilm-fanining misli koʻrmalmagan yutuqlari tufayli Sputnik V” butun dunyo boʻylab odamlar hayotini qutqaradi, uni 50 dan ziyod mamlakat maʼqulladi”, - dedi jamgʻarma bosh direktori Kirill Dmitriyev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala