Jamiyat

Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan Oʻzbekistonga 50 tonna xurmo sovgʻa qildi

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaSaudovskaya Araviya v chest Ramazana podarila Uzbekistanu 50 tыsyach tonn finikov
Saudovskaya Araviya v chest Ramazana podarila Uzbekistanu 50 tыsyach tonn finikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Mazkur xurmolarni Ramazon oyi arafasida respublikadagi tashkilotlar, masjidlar, madrasalarga xayriya sifatida tarqatilishi rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Saudiya Arabistoni Podshohligi Ramazon oyi munosabati bilan Oʻzbekistonga 50 tonna xurmo sovgʻa qildi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
23 mart kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni podshohligining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari bilan samimiy uchrashuv boʻlib oʻtgan.
“Doʻstona uchrashuv chogʻida Saudiya Arabistonidagi “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan xayriya sifatida 50 tonna xurmo topshirildi”, - deyilgan xabarda.
Mazkur xurmolarni “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyi arafasida respublikadagi tashkilotlar, masjidlar, madrasalarga xayriya sifatida tarqatilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala