Sport

Yaponiyada Olimpiada mashʼalasi estafetasi boshlandi

© REUTERS / KIM KYUNG-HOONEstafeta olimpiyskogo ognya
Estafeta olimpiyskogo ognya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Mashʼala 23 iyul kuni Tokiodagi Olimpiya stadioniga olib kiriladi va 8 iyul yopilish marosimigacha alanga oladi.
TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Yaponiyaning Fukusima prefekturasida Tokio-2020 Olimpiada mashʼalasining estafetasi boshlandi. Tadbir J-Village stadionida start oldi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi.
Estafetani 2006-2016 yillar davomida futbol boʻyicha Yaponiya ayollar terma jamoasi sharafini himoya qilgan Azusa Ivasamidzu boshlab bergan.
Estafeta 121 kun davom etadi va ushbu muddat orasida Yaponiyaning barcha prefekturalaridan olib oʻtiladi. Shundan soʻng mashʼala 23 iyul kuni Tokiodagi Olimpiya stadioniga olib kiriladi va 8 iyul yopilish marosimigacha alanga oladi.
Eslatib oʻtamiz, Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari oʻtgan yilning 24 iyul-9 avgust kunlari boʻlib oʻtishi kerak edi. Koronavirus pandemiyasi sabab Oʻyinlar joriy yilning 23 iyul-8 avgust kunlariga qoldirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala