Zelenskiy tasodifan o‘zini “ishdan bo‘shatdi”

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
Zelenskiy matbuot xizmati u vakolatlarini zimmasidan soqit qilmagani va farmon matni noto‘g‘ri talqin qilinganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. 23 mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yanglishib o‘zini “ishdan bo‘shatdi”.
Ukraina yetakchisining saytida Alla Polishukni Kirovograd viloyati Kropivniskiy tumani davlat ma’muriyati rahbari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi 206/2021-rp-sonli farmoni chop qilindi.
Unda lavozimdan ozod qilish “Ukraina prezidentining vakolat muddatlari yakunlangani munosabati” amalga oshirilgani yozilgandi.
© Kesh GoogleSkrinshot s sayta ukrainskogo lidera. Seychas publikatsiya uje udalena
Skrinshot s sayta ukrainskogo lidera. Seychas publikatsiya uje udalena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Skrinshot s sayta ukrainskogo lidera. Seychas publikatsiya uje udalena
Bu jumla ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga jalb qildi va turli fikrlar tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Prezident ofisi ushbu holatga izoh berdi.
Zelenskiy matbuot xizmati u vakolatlarini zimmasidan soqit qilmagani va farmon matni noto‘g‘ri talqin qilinganini ma’lum qildi.
Gap shundaki, Alla Polshukni 2015-yilda bu lavozimga Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenko tayinlagan.
“Vakolat muddatlari yakunlanishi” jumlasi esa aslida unga taalluqli bo‘lgan.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2020
Zelenskiy Qrimni qaytarishni o‘zining eng muhim ustuvorligi, deb atadi
“Ukraina yangi prezidenti saylangan taqdirda mahalliy davlat ma’muriyat raislari belgilangan tartibda yangi mahalliy davlat ma’muriyat raislari tayinlangunga qadar o‘z vakolatlarini bajarishda davom etadi”, - deya tushuntirgan Zelenskiy matbuot xizmati.
Bu mamlakatning “Mahalliy davlat ma’muriyatlari to‘g‘risidagi” qonunda ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0