Jamiyat

IIBB Toshkentdagi haydovchilarda 10 kun ichida 890 ta sovuq qurol aniqladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Toshkent yoʻllarida sovuq qurol olib yurish bilan bogʻliq faktlar aniqlanmoqda - IIBB
TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB “Harakat xavfsizligi” oyligi doirasida poytaxt yoʻllarida tungi vaqtda oʻtkazilgan “TIGʻ” profilaktik tadbirlari natijasi haqida bayonot berdi.
2021 yilning 22 mart kuniga oʻtar tunda YPX inspektorlari 138 ta transport vositalarining salon va yukxonalarini tekshirishgan. Yoʻl harakatining yetti nafar qatnashchilarida jami: 1 ta bita, 9 ta pichoq topilgan.
Muzey MVD - izʼyatoye orujiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Video
Eng shov-shuvli jinoyatlarga oid boʻlgan qurol-aslaha va buyumlar – IIBB muzeyidan lavha
2021 yilning 23 mart kuniga oʻtar tunda 146 ta transport vositalarining salon va yukxonalari xolislar guvohligida koʻzdan kechirilgan.
Natijada 12 nafar fuqaroda 10 ta pichoq va 1 ta beysbol bitasi topilgan.
Qayd etish joizki, tadbirlar davomida (2021 yil 13 martdan 23 martga qadar) poytaxt yoʻllarida 890 ta sovuq qurol topilgan.
Yoʻl harakati qatnashchilari bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilgan. Haydovchilarga turli misollar keltirilib, pichoq va boshqa xavfli buyumlarni olib yurmaslik tavsiya etilgan.
Mazkur yoʻnalishdagi ishlar davom etadi, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala