Sport

Birinchi kun: oʻzbek sambochilari - 1ta oltin va 3ta kumush medal

© Minsporta UzbekistanaUzbekskiye sportsmenы na Kubke mira po sambo v Moskve
Uzbekskiye sportsmenы na Kubke mira po sambo v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Jahon kubogining ilk kunida bitta oltin va 3ta kumush medal qoʻlga kiritildi
TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Moskvada sambo boʻyicha “Memorial Xarlampiyev” nomli jahon kubogi bahslari boshlandi.
Kecha musobaqaning dastlabki kungi bahslari tashkil etildi va unda oʻzbekistonlik 4 nafar sportchi shohsupaga koʻtarildi.
Jangovar sambo musobaqasida Bahodir Bakiyev (-58 kg) barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi.
Shuningdek, Xomidjon Moʻminov (sportcha sambo, -64 kg), Dilshod Choriyev (sportcha sambo, -98 kg) va Hakimjon Ismoilovlar (jangovar sambo, +98 kg) finalgacha yetib borishdi va kumush medalga sazovor boʻldi.
Bugun musobaqalar davom ettiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala