https://oz.sputniknews-uz.com/20210327/rishtonlik-oteler-said-ahmedov-pandemiya-yangi-imkoniyatlarni-taqdim-etdi-17988833.html
Rishtonlik otelyer Said Ahmedov: pandemiya yangi imkoniyatlarni taqdim etdi
Rishtonlik otelyer Said Ahmedov: pandemiya yangi imkoniyatlarni taqdim etdi
Chet ellik sayyohlar oqimi shiddat bilan qisqardi, mamlakatning boshqa regionlaridan keluvchi mehmonlar soni ham keskin kamaydi. Mana shunday sharoitda mehmon-uylari
2021-03-27T15:50+0500
2021-03-27T15:50+0500
2021-03-27T15:50+0500
jamiyat
ichki turizm
turizm
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/1b/17988764_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_04af69c307e348d05394a3a4b9cc5d5c.jpg
Chet ellik sayyohlar oqimi shiddat bilan qisqardi, mamlakatning boshqa regionlaridan keluvchi mehmonlar soni ham keskin kamaydi. Mana shunday sharoitda mehmon-uylari qay tarzda “yashab qolgani” haqida Sputnik muxbiriga “Said “S” ceramics” mehmon uyi egasi, rishtonlik kulol – Said Ahmedov soʻzlab berdi.“Said “S” ceramics” mehmon uyi - Fargʻona viloyati Rishton tumanida tashkil etilgan birinchi mehmon-uylaridan biri sanaladi, "Fargʻona-Qoʻqon" markaziy trassasidan 25 kilometr masofada joylashgan.Butun dunyoga kulolchiligi bilan mashhur Rishton markazigacha bu yerdan 600 metr yurasiz.Avvaliga 5 xonadan iborat boʻlgan moʻʼjazgina uy-otel, bugunga kelib 36 oʻrinli kichik mehmonxona koʻrinishini olgan.Said Ahmedovning aytishicha, bundan hatto 4-5 yil avval butun dunyoga kulolchiligi bilan mashhur Rishton tumaniga chet ellik sayyohlar koʻpi bilan nari borsa yarim soatgagina - yaʼni “birrov”ga kirib ketishgan.“Oilaviy korxona – mehmon-uyini ochgach vaziyatni oʻzgartirishni istadim. Avvaliga turfirma ochdim. Samarqand, Toshkent shahridagi sayyohlik firmalari bilan turistlarni Rishtonga yuborish boʻyicha shartnomalar imzoladim. Gid, transport masalalarini hal qildim. Bugun Rishtonga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun oʻziga xos dastur ham tuzganmiz. Ularga bugun Rishtonni butun dunyoga mashhur qilgan kulolchiligi asosi - noyob loyini qazib olish va kulolchilik sirlarini oʻrgatishdan tortib, oʻzbek milliy oshxonasi sirlari, xususan, xolva tayyorlash, non pishirish, turli taomlar tayyorlash boʻyicha master-klasslar oʻtiladi”, - deya hikoya qiladi pandemiya davrigacha boʻlgan turistik mavsumni esga olar ekan Said Ahmedov. Mehmon uyiga egalik qilish bilan birga Said Ahmedov kulolchilik bilan shugʻullanib keladi. Shu hunari unga koronavirus pandemiyasi oʻzi bilan olib kelgan inqirozdan qutqardi deyish mumkin.Sababi, butun dunyo singari Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmagan koronavirus pandemiyasi endigina rivojlanayotgan mehmon-uyi egasi rejalarini kutilmaganda oʻzgartirib yuborgan edi.“Pandemiyada qiyinchilik boʻlmadi, deyolmaymiz. Bor pulimizni shu biznesga sarflab, ancha qiynalib qoldik. Oʻtgan yil boshida mavsumdan umidlarimiz katta edi-da. Turistlar oqimi toʻxtagach, sekin-asta kulolchilik mahsulotlarimizga boshqa davlatlardan xaridor izlay boshladik. Hozirgi kunda mahsulotlarimizni Rossiya, Ukraina, Polshaga eksport qilyapmiz”, - deydi Ahmedov.Suhbatdosh pandemiya barham topishi bilan Rishtonda turizm qayta jonlanishiga, Fargʻona vodiysiga yana chet ellik sayyohlar tashrif buyurishlariga shubha qilmaydi. Hozircha esa, bir yillik tanaffusdan soʻng, yaxshi niyat bilan turistlarni kutib olishga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210227/Samarandda-turizm-mavsumiga-start-berilmoda-16089129.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20201016/Romashkin-turizm-biznesi-2023-yildan-oldin-zhonlanmaydi-15192970.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/341/49/3414917_1347:-1:4803:3456_100x100_80_0_0_5198035d4c73cd2438d90bacfec93205.jpg
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/341/49/3414917_1347:-1:4803:3456_100x100_80_0_0_5198035d4c73cd2438d90bacfec93205.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/1b/17988764_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_92d2f74083ecab4ee45fa1f1ab942895.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/341/49/3414917_1347:-1:4803:3456_100x100_80_0_0_5198035d4c73cd2438d90bacfec93205.jpg
ichki turizm, turizm
Rishtonlik otelyer Said Ahmedov: pandemiya yangi imkoniyatlarni taqdim etdi
Dilshoda Rahmatova
redaktor
Oʻtgan yili koronavirus infektsiyasi avj olib, soʻng butun dunyoda pandemiya eʼlon qilingach, mehmon-uylar ham turizm sohasi qatorida “shok” holatini boshdan kechirdi.
Chet ellik sayyohlar oqimi shiddat bilan qisqardi, mamlakatning boshqa regionlaridan keluvchi mehmonlar soni ham keskin kamaydi. Mana shunday sharoitda mehmon-uylari qay tarzda “yashab qolgani” haqida Sputnik muxbiriga “Said “S” ceramics” mehmon uyi egasi, rishtonlik kulol – Said Ahmedov soʻzlab berdi.
“Said “S” ceramics” mehmon uyi - Fargʻona viloyati Rishton tumanida tashkil etilgan birinchi mehmon-uylaridan biri sanaladi, "Fargʻona-Qoʻqon" markaziy trassasidan 25 kilometr masofada joylashgan.
Butun dunyoga kulolchiligi bilan mashhur Rishton markazigacha bu yerdan 600 metr yurasiz.
Avvaliga 5 xonadan iborat boʻlgan moʻʼjazgina uy-otel, bugunga kelib 36 oʻrinli kichik mehmonxona koʻrinishini olgan.
Said Ahmedovning aytishicha, bundan hatto 4-5 yil avval butun dunyoga kulolchiligi bilan mashhur Rishton tumaniga chet ellik sayyohlar koʻpi bilan nari borsa yarim soatgagina - yaʼni “birrov”ga kirib ketishgan.
“Oilaviy korxona – mehmon-uyini ochgach vaziyatni oʻzgartirishni istadim. Avvaliga turfirma ochdim. Samarqand, Toshkent shahridagi sayyohlik firmalari bilan turistlarni Rishtonga yuborish boʻyicha shartnomalar imzoladim. Gid, transport masalalarini hal qildim. Bugun Rishtonga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun oʻziga xos dastur ham tuzganmiz. Ularga bugun Rishtonni butun dunyoga mashhur qilgan kulolchiligi asosi - noyob loyini qazib olish va kulolchilik sirlarini oʻrgatishdan tortib, oʻzbek milliy oshxonasi sirlari, xususan, xolva tayyorlash, non pishirish, turli taomlar tayyorlash boʻyicha master-klasslar oʻtiladi”, - deya hikoya qiladi pandemiya davrigacha boʻlgan turistik mavsumni esga olar ekan Said Ahmedov.
Mehmon uyiga egalik qilish bilan birga Said Ahmedov kulolchilik bilan shugʻullanib keladi. Shu hunari unga koronavirus pandemiyasi oʻzi bilan olib kelgan inqirozdan qutqardi deyish mumkin.
Sababi, butun dunyo singari Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmagan koronavirus pandemiyasi endigina rivojlanayotgan mehmon-uyi egasi rejalarini kutilmaganda oʻzgartirib yuborgan edi.
“Pandemiyada qiyinchilik boʻlmadi, deyolmaymiz. Bor pulimizni shu biznesga sarflab, ancha qiynalib qoldik. Oʻtgan yil boshida mavsumdan umidlarimiz katta edi-da. Turistlar oqimi toʻxtagach, sekin-asta kulolchilik mahsulotlarimizga boshqa davlatlardan xaridor izlay boshladik. Hozirgi kunda mahsulotlarimizni Rossiya, Ukraina, Polshaga eksport qilyapmiz”, - deydi Ahmedov.
Suhbatdosh pandemiya barham topishi bilan Rishtonda turizm qayta jonlanishiga, Fargʻona vodiysiga yana chet ellik sayyohlar tashrif buyurishlariga shubha qilmaydi. Hozircha esa, bir yillik tanaffusdan soʻng, yaxshi niyat bilan turistlarni kutib olishga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.