Jamiyat

Toshkentda ertaga ayrim koʻchalarda harakat vaqtincha cheklanadi

© Press-slujba MCHS UzbekistanaII Mejdunarodnыy Tashkentskiy marafon
II Mejdunarodnыy Tashkentskiy marafon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2021
Poytaxt hokimligi tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya qiladi va yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.
TOSHKENT, 27 mar - Sputnik. Toshkentda III Toshkent xalqaro marafoni oʻtkazilishi munosabati bilan 28 mart kuni ayrim koʻchalarda harakat vaqtincha cheklanadi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
27 mart 23:00 dan 28 mart 13:30 gacha:
Afrosiyob koʻchasi — "Oʻzbekiston" metro bekati yaqinidagi chorrahadan Humo Arena muz saroyi yaqinidagi chorrahagacha.
28 mart soat 06:00 dan 09:30 gacha:
Afrosiyob koʻchasining "Oʻzbekiston" metro bekati yaqinidagi chorrahadan "Kosmonavtlar" metro bekati chorrahasigacha boʻlgan qismi;
Sharof Rashidov shoh koʻchasining "Kosmonavtlar" metro bekatidan Markaziy koʻrgazmalar zaligacha boʻlgan qismi;
Islom Karimov shoh koʻchasining Markaziy koʻrgazmalar zalidan "Oʻzbekiston" metro bekatigacha boʻlgan qismi.
28 mart soat 06:00 dan 13:30 gacha:
marafon yoʻnalishiga koʻra — Humo Arena muz saroyi yaqinidagi chorrahadan Nukus koʻchasigacha, Bobur nomli ekopark, "Jasorat" monumenti boʻylab Abdulla Qodiriy va Abay koʻchalarining kesishmasigacha ("Korzinka" supermarketi).
Poytaxt hokimligi tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya qiladi va yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala