Toshkentda ertaga ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

© Press-slujba MChS UzbekistanaII Mejdunarodniy Tashkentskiy marafon
II Mejdunarodniy Tashkentskiy marafon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2021
Obuna bo‘lish
Poytaxt hokimligi tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya qiladi va yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Toshkentda III Toshkent xalqaro marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan 28-mart kuni ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
27 mart 23:00 dan 28-mart 13:30 gacha:
Afrosiyob ko‘chasi — "O‘zbekiston" metro bekati yaqinidagi chorrahadan Humo Arena muz saroyi yaqinidagi chorrahagacha.
28 mart soat 06:00 dan 09:30 gacha:
Afrosiyob ko‘chasining "O‘zbekiston" metro bekati yaqinidagi chorrahadan "Kosmonavtlar" metro bekati chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
Sharof Rashidov shoh ko‘chasining "Kosmonavtlar" metro bekatidan Markaziy ko‘rgazmalar zaligacha bo‘lgan qismi;
Islom Karimov shoh ko‘chasining Markaziy ko‘rgazmalar zalidan "O‘zbekiston" metro bekatigacha bo‘lgan qismi.
28 mart soat 06:00 dan 13:30 gacha:
marafon yo‘nalishiga ko‘ra — Humo Arena muz saroyi yaqinidagi chorrahadan Nukus ko‘chasigacha, Bobur nomli ekopark, "Jasorat" monumenti bo‘ylab Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalarining kesishmasigacha ("Korzinka" supermarketi).
Poytaxt hokimligi tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya qiladi va yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0