Iqtisod

Oʻzbekiston tashqi qarzi 34 milliard dollarga yaqinlashmoqda

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDollarы SSHA
Dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
2021 yil 1 yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 33,8 milliard dollarni tashkil qildi.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi qarzi 2020 yil yakunlariga koʻra 33,8 milliard dollarni tashkil qildi. Bundan Markaziy bank hisobotida keltirilgan raqamlar dalolat bermoqda.
Mamlakat umumiy tashqi qarzining hajmi 2020 yil boshiga nisbatan 37,4 foizga yoki 9,2 mlrd. dollarga oshgan.
© Markaziy bankOʻzbekiston tashqi qarzi 33 milliard dollardan oshdi
Oʻzbekiston tashqi qarzi 33 milliard dollardan oshdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Oʻzbekiston tashqi qarzi 33 milliard dollardan oshdi
Bank hisobotida yangi qarzlarning jalb qilinishi koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun sarflangani aytilgan.
Tashqi qarz davlat va xususiy qarzdan iborat. Birinchisi 21,3 milliard dollarni tashkil qilgan va asosan yangi tashqi qarz jalb qilinishi va davlat qimmatli qogʻozlarining chiqarilishi hisobiga 5,4 milliard dollarga oʻsgan.
Xususiy qarzdorlik 3,7 milliard dollarga oshib, 12,5 milliard dollarni tashkil qilgan va asosan banklar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Maʼlum qilinishicha, hisobot davri mobaynida davlat tashqi qarzi boʻyicha 651,3 million dollar asosiy qarz va 380,2 million dollar foiz toʻlangan. Xususiy qarz boʻyicha esa mos ravishda 2 milliard dollar va 370,8 million dollar qarz qaytarilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala