Siyosat

Vengriya bosh vaziri Oʻzbekistonga keladi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 30 mart kuni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. 30 mart kuni Oʻzbekistonga Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Vengriya hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, tashrif davomida Viktor Orban Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.
Maʼlumotga koʻra, muzokaralar davomida ikkitomonlama aloqalarni mustahkamlash hamda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozga qarshi global kurash masalalari muhokama qilinadi.
Maket AES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2020
Iqtisod
Vengriya Oʻzbekistonning atomga oid loyihalarida faol ishtirok etmoqchi
Shuningdek, qayd etilishicha, vengriyalik biznes vakillari ham Toshkentga tashrif buyurib, oʻzbekistonlik hamkorlari bilan iqtisodiy va savdo imkoniyatlari boʻyicha muzokaralar olib boradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 15 oktyabr kuni Turkiy kengashning Bokudagi sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni qabul qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala