Jamiyat

Oʻzbekistonda birinchi galda kimlar emlanadi

© REUTERS / Martin BureauJenщina poluchayet vaktsinu ot COVID-19 vo vremya kampanii vaktsinatsii meditsinskix rabotnikov v tsentre vaktsinatsii v Parije
Jenщina poluchayet vaktsinu ot COVID-19 vo vremya kampanii vaktsinatsii meditsinskix rabotnikov v tsentre vaktsinatsii v Parije - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Oʻzbekistonda ommaviy emlash tadbirlari 1 apreldan boshlanadi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari oxiriga yetkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Atabekov mazkur jarayonlarning borishi haqida maʼlumot berdi.

“Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari 2021 yilning 1 aprelidan boshlanadi. Birinchi galda 65 yoshdan yuqori yoshda boʻlgan shaxslar va tibbiyot xodimlari emlanishi rejalashtirilmoqda”,

Nurmat Atabekov
Albatta, bunda tibbiyot xodimlarining barchasi emas, aynan koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlish orqali kasallikni yuqtirib olish ehtimoli yuqori boʻlgan tibbiyot xodimlar, xususan:
koronavirusni davolashga ixtisoslashgan maxsus shifoxonalar;
tez tibbiy yordam tizimi;
shoshilinch tibbiy yordam tizimi;
yuqumli kasalliklar shifoxonalari;
koronavirus tashhisoti laboratoriyalari;
birlamchi boʻgʻin, ambulatoriya va poliklinika xizmati xodimlari emlanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala