Iqtisod

Fargʻona zavodi “Evro-4” dizel yoqilgʻisining ilk partiyasini birja savdosiga qoʻydi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBirja
Birja - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi “Evro-4” standartidagi dizel yoqilgʻisining ilk partiyasi Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasi orqali savdoga qoʻyildi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. 2021 yilning 29 mart kuni Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) “Evro-4” standartidagi dizel yoqilgʻisining ilk partiyasi Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasi orqali savdoga qoʻyildi. Bu haqda zavod matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlumki, ilgari ushbu zavodda ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilgʻisi sifati “Evro-2” standartidan oshmasdi. Ushbu yoqilgʻining sifatini dunyo standartlariga moslashtirish maqsadida uni modernizasiya qilish dasturining birinchi bosqichi doirasida dizel yoqilgʻisini gidrotozalash qurilmasi (GDS) katalizatori Frantsiyaning “Axens” kompaniyasining yangi va ancha zamonaviy katalizatoriga almashtirildi.
V NPZ Fergana nachali proizvodstvo diztopliva standarta Yevro-5 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.11.2020
Iqtisod
Fargʻona neft zavodida "Yevro-5" dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarish boshlandi
Taʼkidlanishicha, FNQIZ mutaxassislarining koʻp yillik tajribasi tufayli yangi katalizator GDS qurilmasi reaktoriga “Axens” kompaniyasi mutaxassislari ishtirokisiz mustaqil ravishda oʻrnatildi. Keyinchalik tegishli ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilgach, sanoat miqyosida ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, ekologik toza va sifatli “Evro-4” standartidagi dizel yoqilgʻisi uchun muvofiqlik sertifikati qoʻlga kiritildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala