Jamiyat

Joriy yilda OTMlarda davlat grantlari sonini 25 foizga oshirish rejalashtirilmoqda

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente
Uzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Oʻzbekistonda 2021–2022 oʻquv yilida OTMlarda davlat grantlari 25 foizga oshirilishi mumkin.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda 2021–2022 oʻquv yilida OTMlarda davlat grantlarini 25 foizga oshirish taklif qilinmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi prezidentning 2021-2022 oʻquv yilida OTMlarga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi.
Qarorga muvofiq, 2021–2022 oʻquv yilida oliygohlarga davlat buyurtmasi qabul parametrlarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilanmoqda:
davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020–2021 oʻquv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash;
“ijtimoiy lift” tamoyili asosida xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish maqsadida alohida grant oʻrinlarini ikki barobarga oshirish;
oliygohlarga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish boʻyicha kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari "quota.idm.uz" elektron portali orqali shakllantirilganligi;
vazirlik va idoralar, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyoj yuqori boʻlgan yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlashda davlat granti nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ham berilishi;
oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini tuman (shahar)lar kesimida taqsimlash.
Davlat oliy taʼlim muassasalariga Davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tashkil etadi:
Bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:
- kunduzgi taʼlim shakliga – 115 343 ta;
- sirtqi taʼlim shakliga – 36 211 ta;
- kechki taʼlim shakliga – 6 325 ta;
- Magistrlar tayyorlash boʻyicha – 12 914 ta;
nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari 56 ta etib tasdiqlash koʻzda tutilmoqda.
Uzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Jamiyat
Joriy yilda test sinovi topshiriladigan fanlar tasdiqlandi
Shuningdek, mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 2000 nafar qoʻshimcha davlat granti ajratiladi.
Shu bilan birga:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 100 nafardan xotin-qizlar uchun har yili mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan;
- moliyaviy barqaror davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning Kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi koʻzda tutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala