Rossiya

Migrantlarga soxta COVID-19 maʼlumotnomalarini sotgan guruh qoʻlga olindi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishFSB Rossii
FSB Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Migrantlarga soxta COVID-19 maʼlumotnomalarini sotayotgan guruh qoʻlga olindi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Novosibirsk viloyatida mehnat migrantlariga Rossiya hududiga kirish uchun soxta COVID-19 maʼlumotnomalarini sotayotgan shaxslar qoʻlga olindi, deb xabar qildi FXX matbuot xizmati.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan guruhni qoʻlga olish davomida mingdan ortiq PTSR-maʼlumotnomasi blanklari, toʻrt yuzdan ortiq toʻldirilgan chaqiruv-maʼlumotnomalari, 3 million rubldan ortiq miqdordagi chet el valyutasi, shuningdek, migrant-mijozlar bazasi daliliy ashyo sifatida musodara qilindi.
Ayni vaqtda Belarus, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Armaniston va Ozarbayjondan kelgan migrantlar Rossiyaga kirishi mumkin, ular koronavirus uchun salbiy PTSR-testini taqdim etishlari kerak.
Umuman olganda, pandemiya boshlanishi bilan migrantlar soni sezilarli darajada kamaydi. 2020 yil oxirida ularning soni 6 million boʻlib, oldingi davrlarda 9-10 milliongacha boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala