Iqtisod

Oʻzbekistonda qora olxoʻri plantatsiyasi tashkil etiladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishProdaja ovoщey i fruktov v Moskve
Prodaja ovoщey i fruktov v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Dunyoda qora olxoʻri mevalarini yetishtirish boʻyicha ilgʻor sanalgan AQSH, Kanada va Chili davlatlari tajribalari oʻrganiladi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. “Respublikada qora olxoʻri yetishtirish va eksport hajmlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyilgan.
“Respublikada bugungi kunda fermer, dehqon va qishloq xoʻjaligi korxonalarida hamda aholi tomorqa maydonlarida jami 21,2 ming gektar olxoʻri bogʻlar mavjud boʻlib, ushbu bogʻlarning asosiy qismini anʼanaviy bogʻlar tashkil etadi hamda qora olxoʻri daraxtining pakana va yarim pakana (intensiv) koʻchatlarini tayyorlash yetarlicha yoʻlga qoʻyilmagan”, - deyilgan hujjatda.
Fruktы na rыnke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Rossiya
Oʻzbekiston 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi: asosiy xaridor Rossiya
Respublikadagi barcha toifa xoʻjaliklari 2020 yilda 241 ming tonna olxoʻri mahsulotlari yetishtirilgan boʻlib, ushbu mahsulotlarning atiga 23,4 ming tonnasi (9%) eksport qilingan.
Hujjatda taʼkidlanishicha, dunyoda qora olxoʻri mevalarini yetishtirish boʻyicha ilgʻor sanalgan AQSH, Kanada va Chili davlatlari tajribalari oʻrganilib, respublika hududlarida qora olxoʻri yetishtirishni koʻpaytirish va eksportga yoʻnaltirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Xorijiy mamlakatlardan qora olxoʻrining eksportbop navlardan iborat payvandtag va koʻchatlari olib kelinib, “in vitro” laboratoriyasi sharoitida koʻpaytirilib, qora olxoʻri plantatsiyasini tashkil etiladi.
Yetishtirilgan mahsulotlar tayyor va qayta ishlangan holda eksportga yuboriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala