Siyosat

Holmuhammedov: Rossiya harbiy sohada Oʻzbekistonning asosiy ittifoqdoshidir

© Press-slujba TSVO MO RFSovmestnыe rossiysko-uzbekskiye ucheniya na poligone "Forish"
Sovmestnыe rossiysko-uzbekskiye ucheniya na poligone Forish - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshligʻi Shuhrat Xolmuhammedov va uning rossiyalik hamkasbi Valeriy Gerasimov Moskvada muzokaralar oʻtkazdi.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshligʻi Shuhrat Xolmuhammedov Rossiya harbiy sohada Oʻzbekistonning asosiy ittifoqdoshi ekanini maʼlum qildi.
“Rossiya harbiy sohada bizning eng muhim va asosiy hamkorimizdir”, - dedi Xolmuhammedov Moskvada boʻlib oʻtgan rossiyalik hamkasbi Valeriy Gerasimov bilan muzokaralarda. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U shtablar muntazam oʻtkazayotgan muzokaralar harbiy va harbiy-texnik hamkorlik holatini tahlil qilish, oʻzaro hamkorlikning eng istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashga imkon berishini taʼkidladi.
“Harbiy sohadagi hamkorligimiz mintaqa barqarorligini taʼminlashning asosiy omilidir. Biz uni keyin ham rivojlantirish niyatidamiz”, - dedi Valeriy Gerasimov.
Gerasimov Rossiya Mudofaa vazirligi Oʻzbekistonni Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik hamkori sifatida bilishini qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala