Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Iqtisod

Kimyo sanoati QQS toʻlaydigan vaqt keldi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 marta prinyal gruppu mejdunarodnыx konsultantov – Alfreda Guzenbauera, Aleksandra Kvasnevskogo i Shtefana Fyule
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 marta prinyal gruppu mejdunarodnыx konsultantov – Alfreda Guzenbauera, Aleksandra Kvasnevskogo i Shtefana Fyule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatiga kiritilgan investitsiyalar va istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.
TOSHKENT, 30 mar - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni kimyo sanoatiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda prezident ushbu sohada amalga oshirligan ishlar, istiqbolli loyihalar bilan tanishib, boʻlajak rejalarni ham belgilab berdi.
Xususan, Shavkat Mirziyoyev ushbu kunga qadar kimyo sohasiga yirik investitsiyalar kiritilib, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish boshlanganini taʼkidladi va tarmoqning QQS toʻlash vaqti kelganini maʼlum qildi.
– Kimyo sanoatiga juda katta mablagʻ berdik. Energiya samaradorligi jihatidan texnologiyalar yangilandi. Endi bu tarmoq qoʻshilgan qiymat beradigan vaqt keldi. Juda katta imkoniyatlar bor. Agar har bir yoʻnalish boʻyicha miqdorini, sifatini, narxini joy-joyiga qoʻysak, eksport 5-6 barobar oshadi, – dedi prezident.
Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda ushbu sohada 2021 - 2022 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan koʻplab istaibolli loyihalar bilan tanishdi. Ular bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala