Migratsiya

Migrantlarga doir yangi qonun loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Nina ZotinaNachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova
Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlarga doir yangi qonun loyihasi tayyorladi.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Migrantlarga doir yangi federal qonun loyihasi tayyorlandi va 2021 yil oxirida hukumatga taqdim etiladi, dedi Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya bosh boshqarmasi boshligʻi Valentina Kazakova.

"Biz 2018 yilda tasdiqlangan davlat migratsiya siyosati kontseptsiyasini amalga oshirish doirasida manfaatdor ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda yangi federal qonun loyihasini tayyorladik. Loyihada chet el fuqarolari uchun turli rejimlarni isloh qilishdan tashqari, migrantlar farzandlari mamlakatda boʻlish muddatini uzaytirish imkoniyati koʻzda tutilgan. Bu federal qonun loyihasini shu yilning oxirida taqdim etamiz",

Valentina Kazakova
IIV migratsiya bosh boshqarmasi boshligʻi
Kompyuter v zone dostupa k yedinomu portalu gosudarstvennыx uslug - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Migratsiya
Rossiyada migrantlar uchun “Gosuslugi” muqobili yaratiladi
2020 yil sentyabr oyida u IIV Rossiya fuqaroligini olish va chet elliklarni ish bilan taʼminlash tartibini soddalashtirishni nazarda tutgan yangi federal qonun kontseptsiyasini tayyorlagani, muhokama qilinayotgani haqida xabar bergandi.
Yangi qonun migratsiya rejimlarini taqsimlash, chet elliklarni ishga qabul qilish tartiblarining aksariyatini soddalashtirishi kerak edi, chunki hozirda chet el fuqarolarini ishlashga jalb qilishning 30 dan ortiq variantlari mavjud. Bundan tashqari, vazirlik vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma institutidan voz kechishni taklif qilishni rejalashtirgan.
Shuningdek, IIV Rossiyada chet ellik fuqarolarning qayd etishning yagona axborot platformasini yaratish rejalashtirilmoqda. Yangi tizim mehnat migrantlariga davlat xizmatlarini elektron tarzda olish imkonini beradi.
Yagona platforma chet ellik fuqaroning huquqiy maqomi, uning biometrik maʼlumotlari, yashash va ish joyi toʻgʻrisidagi axborotlarni maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi koʻzda tutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala