Iqtisod

Buxoroda besh yulduzli “Hyatt Regency” mehmonxonasi ochiladi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishGostinichnыy kompleks Hyatt Regency Ekaterinburg
Gostinichnыy kompleks Hyatt Regency Ekaterinburg - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Hyatt International kompaniyasi bilan shartnoma imzolash marosimi 31 mart kuniga belgilangan.
TOSHKENT, 31 mar – Sputnik. Buxoroda besh yulduzli “Hyatt Regency” mehmonxonasi ochiladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi.
Xabarda aytilishiga koʻra, qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov 30 mart kuni AQShning “Valor Hospitality Partners” kompaniyasi Boshqaruv raisi Euan Mc Glashan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashgan.
Uchrashuvda tomonlar “Valor Hospitality Partners” kompaniyasining Oʻzbekistonda boshqaruv ofisini tashkil etish va Buxoro shahrida “Hyatt Regency” brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kelishib olishdi. 31 mart kuni Toshkentda Metric Ventures (MJ Group kompaniyasi) va Hyatt International bilan shartnoma imzolash marosimi boʻlib tadi, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari “Valor Hospitality Partners” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda Hyatt, Accor, Marriot, Hilton kabi dunyoning yetakchi brend mehmonxonalar tarmogʻida faoliyat olib boruvchi kadrlar tayyorlovchi taʼlim maskanini ochish boʻyicha taklif berilgan.
Maʼlumot uchun: “Valor Hospitality” kompaniyasi Hyatt, Accor, Marriot, Hilton kabi dunyoning yetakchi mehmonxona brendlari boshqaruvi bilan shugʻullanuvchi kompaniya boʻlib, hozirga qadar komopaniya tomonidan dunyo boʻylab 60 000 xonadan iborat boʻlgan 150 ta mehmonxona boshqaruvi yoʻlga qoʻyilgan. Kompaniya Buyuk Britaniya, Tayland, Janubiy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida oʻz boshqaruv ofislariga ega.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala