Jamiyat

Hayvonlar uchun COVID-vaktsina Oʻzbekistonda sinovdan oʻtkazilishi mumkin

CC0 / Unsplash / Jametlene Reskp / Щenki. Illyustrativnoye foto
Щenki. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Rossiyada hayvonlar uchun COVID-vaktsina roʻyxatdan oʻtkazildi.
TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Rossiyada COVID-19ga qarshi yana bir vaktsina roʻyxatdan oʻtkazildi. Uning nomi "Karnivak-Kov", vaktsina hayvonlar uchun moʻljallangan.
Olimlar emlashdan keyin immunitet qancha vaqtgacha saqlanishini oʻrganmoqda, hozirda mavjud maʼlumotlarga koʻra, uning eng kam muddati 6 oy.
Ommaviy ishlab chiqarish aprel oyida boshlanishi mumkin.
Ayni paytda bu xush xabar butun dunyoga tarqaldi. Baʼzi davlatlar yangi vaktsina istiqbollarini baholashmoqda.
Oʻzbekistonda yangi vaktsina zarur va uning sinov jarayonida qatnashishga tayyor ekanligi bildirildi.

"Juda zarur boʻlgan vaktsina. Biz respublikamiz hududida oʻtkaziladigan sinov jarayonida qatnashishga tayyormiz, agar u yaxshi natijalarni koʻrsatsa, uy hayvonlarini emlash uchun foydalanishga tayyormiz"

Xabibulla Hamdamov
Davlat veterinariya qoʻmitasi hayvonlar sogʻligʻini muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi
Biroq mahalliy zoolog Mariya Gritsina taʼkidlashicha, hozir Oʻzbekistonda hayvonlar COVID-19ni yuqtirib olish holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq. Shuningdek, egalarning oʻzlari jonivorlarini emlash uchun olib kelishga qanchalik tayyor ekanligini oʻrganish zarur.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala