Infografika

Oʻzbekiston muzey boyligi

Bugun Oʻzbekistonda 105ta muzey faoliyat yuritmoqda. Ular orasida mahalliy hamda jahon ahamiyatiga ega boʻlgan muzeylar bor.
Oʻzbekiston tarixiy-madaniy turizm boʻyicha Markaziy Osiyoning eng boy davlatlaridan biridir.
Oʻzbek millatining turli davrlarda jamlangan milliy anʼanalari, amaliy sanʼat namunalari va tarixiy obidalari Respublikani badavlat turistik manzilga aylantirgan.
Ushbu madaniy boyliklar bilan Oʻzbekistonning barcha hududlarida joylashgan turli yoʻnalishdagi muzeylar bilan tanishish mumkin.
Soʻnggi 20 yil ichida respublikad 20ta yangi muzey majmualari paydo boʻldi va ularning umumiy soni 105taga yetdi. Muzeylar eng koʻp boʻlgan shahar, poytaxt Toshkentdir. Bu yerda 29ta mezey bor. Undan soʻng Buxoro viloyatida - 19ta, Samarqandda - 13ta muzey bor.
Aslida muzeylarning soni emas ularning ahamiyati mazmuni muhimroqdir. Masalan Savitskiy nomidagi Nukus sanʼat muzeyi, nafaqat Oʻzbekistonda balkim butun dunyo tan olgan durdonadir.
Oʻzbekiston Muzeylari haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala