Rossiya

Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi birinchi vaktsina roʻyxatdan oʻtkazildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishChelyabinskaya veterinarnaya stantsiya
Chelyabinskaya veterinarnaya stantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Hayvonlar uchun yaratilgan COVID-19ga qarshi dunyoda yagona vaktsinani ishlab chiqarish Rossiyada 1 apreldan boshlanishi mumkin.
TOSHKENT, 31 mar - Sputnik. Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi birinchi vaktsina roʻyxatdan oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rosselxoznadzor raisi oʻrinbosari Konstantin Savenkovga asosan.
Ushbu vaktsina "Karnivak-Kov" deb ataladi va uni ommaviy ishlab chiqarish 1 apreldan boshlanishi mumkin. Uning klinik sinovlarida koʻplab it, mushuk, tulki, norka va boshqa hayvonlar ishtirok etgan.
"Sinov davomida vaktsina zararsiz ekani va hayvonlarda 100% koronavirusga qarshi immunitet ishlab chiqilgani qayd etilgan. Hayvonlarda immunitet oʻrtacha 6 oygacha saqlanib qoladi", - dedi mutaxassis.
"Karnivak-Kov" bugungi kunda dunyoda hayvonlar uchun COVID-19ga qarshi yaratilgan yagona vaktsina hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Gamaleya nomidagi Immunologiya markazi direktori akademik Aleksandr Gintsburg koronavirusning navbatdagi bosqichida hayvonlar ommaviy zararlanishni boshlanishi mumkin degan edi.
Shuningdek, statistik maʼlumotlarga koʻra, uy hayvonlari egalari koronavirusga chalinish ehtimoli yuqori ekani aniqlangan. Mutaxassislar xulosasiga koʻra, uy hayvonlari oʻzi zarardanmasa-da, virus tashuvchisi boʻlishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala