Jamiyat

Soʻx-Rishton yoʻli ochiladi

© UzAOtkroyetsya doroga Sox-Rishtan
Otkroyetsya doroga Sox-Rishtan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Rishton va Soʻx tumanini bogʻlab turuvchi Qirgʻiziston orqali oʻtgan yoʻlning ochilishi rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. 1 aprel kuni Fargʻona viloyatidagi Rishton va Soʻx tumanini bogʻlab turuvchi Qirgʻiziston orqali oʻtgan yoʻlning ochilishi rejalashtirilgan.
OʻzA xabariga koʻra, buning uchun ushbu yoʻnalishdagi chegara nazorat-oʻtkazish punktlari tayyor holatga keltirildi.
Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning 11−12 mart kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralari qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga koʻtargan edi.
Xokim Ferganskoy dolinы posetil anklav Sox, gde nachato stroitelstvo aerodroma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.02.2021
Jamiyat
Mirziyoyevning alohida topshirigʻi bilan Xayrullo Bozorov Soʻxga bordi - foto
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston - Qirgʻiziston davlat chegarasidagi barcha nazorat-oʻtkazish punktlarining ochilishi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va turistik oqimni koʻpaytirishga xizmat qiladi.
Soʻx tumani yuz foiz Qirgʻiziston yeri bilan oʻralgan anklav hudud hisoblanadi. Tuman aholisi uchun yaqin yoʻl boʻlgan bu bojxona chegara posti ancha yillar yopiqligicha turgan, soʻxliklar viloyat markaziga borishi uchun uzoq yoʻl bosib oʻtishgan. Endilikda esa qisqa masofada Soʻxga kirib borish mumkin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala