Iqtisod

Oʻzbekiston Qirgʻizistonda tikuvchilik fabrikasini ochadi

© Sputnik / Dmitriy VinogradovNa raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane
Na raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.04.2021
Oʻzbekiston Bishkek erkin iqtisodiy zonasida tikuvchilik fabrikasi ish faoliyatini yoʻlga qoʻyish investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.
TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Bishkek erkin iqtisodiy zonasida tikuvchilik fabrikasi ish faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 2 million dollarlik investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
25-29 mart kunlari Oʻzbekiston uyushmasi va toʻqimachilik korxonalari vakillari "Bishkek" erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurishdi. Mutaxassislar biznes yuritish shartlari, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibi bilan tanishdi va ishlab chiqarish quvvatlarini koʻzdan kechirishdi.
Novosibirskaya GES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston Qirgʻizistonga qancha elektr energiya yetkazib beradi - kelishuv
Bishkek EIZning bosh direktori Kudret Taychabarov, "Nil-Granit" (SAMO brendi) kompaniyasi rahbari Akrom Gʻaniyev (Oʻzbekiston) va "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi rahbarining oʻrinbosari Doniyor Xabibullayev qoʻshma hujjatni imzoladi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Qirgʻizistonda yirik tikuvchilik fabrika ish faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 2 million dollar investitsiya kiritadi.
Fabrikada YEOII davlatlariga va undan tashqariga barcha xalqaro standartlarga muvofiq eksport qilinadigan kiyim-kechaklar ishlab chiqariladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala