Jamiyat

Fargʻonada Milliy gvardiya xodimi piyodani urib ketdi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Fargʻonada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida belgilanmagan joyda yoʻlni kesib oʻtayotgan fuqaroni urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan
TOSHKENT, 3 apr – Sputnik. Milliy gvardiya xodimi Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasiga tegishli boʻlgan UAZ pikap rusumli mashinasida yoʻl-transport hodisasini sodir etdi, deb xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, avtomashina haydovchisi S.SH. xizmat yuzasidan Fargʻona tumani, "Fargʻona-Vodil" yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida, piyodalar oʻtish uchun belgilanmagan joyda chap tomondan oʻng tomonga qarab yoʻlni kesib oʻtayotgan fuqaro B.N. ni urib yuborgan.
Devushka derjitsya za golovu ryadom s avtomobilem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2020
Jamiyat
Oʻzbekistonda soʻnggi 9 oyda 1293 kishi YTH oqibatida halok boʻldi
Harbiy xizmatchi jabrdiydani darhol oʻzining avtomashinasida shoshilinch tez tibbiy yordam Fargʻona shahar filialiga olib borgan. Ammo fuqaro olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Hozirda mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan Fargʻona viloyati Harbiy prokuraturasi tomonidan tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.
Xizmat avtomashinasi prokuratura ixtiyoriga topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala