Jamiyat

Fargʻonada yirik miqdordagi dollarlarni yarim narxida sotayotgan shaxslar qoʻlga olindi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDollarы SSHA
Dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Fuqarolar soxta valyutani pullarni poligrafik usulda nusxa koʻchirib koʻpaytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlaganliklari aniqlangan.
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida yirik miqdordagi soxta dollarlarni qariyb yarim narxida sotayotgan fuqarolar ichki ishlar xodimlari va DXX tomonidan qoʻlga olindi.
Fuqarolar viloyat IIB JQB va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor-tadbirda qoʻlga olingan.
Falshivыe dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2020
Hodisalar
Soxta 20 ming dollarni sotmoqchi boʻlgan qirgʻizistonlik qoʻlga olindi
Tergovga qadar tekshiruvda 42 yoshli Kozim, 36 yoshli Shavkatbek va 48 yoshli Abduvoxid 24 850 AQSH dollar qiymatiga teng soxta pullarni shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga Qoʻqon shahridagi choyxonalarning birida 10 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida, ushbu fuqarolar soxta valyutani pullarni poligrafik usulda nusxa koʻchirib koʻpaytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlaganliklari aniqlangan.
Qoʻqon shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan 24 850 AQSH dollarini sotayotgan fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi (Qalbaki pullar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala