Rossiyada SWIFT muqobili paydo bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnie kupuri.
Denejnie kupuri. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya monopol SWIFT tizimdan voz kechib, mutlaq yangi raqamli texnologiyalar va blokcheynga asoslangan yangi tizimga o‘tishi mumkin.
TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Rossiyada o‘z SWIFT muqobili paydo bo‘lishi mumkin, dedi TIV vazir o‘rinbosari Aleksey Pankin RIA Novostiga.
"Raqamli texnologiyalar va blokcheyn ildam rivojlanib borayotganini hisobga olgan holda, xalqaro hisob kitoblar bazasi mutlaq yangi texnologik asosga o‘tkazilishi mumkin", - dedi Pankin.
SWIFTga muqobil bo‘lgan yangi tizim sohaga monopoliyachi bo‘lishga da’vo qilmaydigan bo‘ladi. Bu chora hozirgi kunda yuzaga kelgan "geosiyosiy vaziyatga javob sifatida emas, balkim to‘lovlarni majud zamonaviy raqamli texnologiyalar asosiga o‘tkazish sifatida qabul qilish kerak.
SWIFT— xalqaro banklaaro to‘lovlar haqida ma’lumot uzatish tizimi bo‘lib, unga dunyoning 200 davlatidan 11 ming yirik tashkilotlar ulangan.
O‘tgan yil oxirida Reuters agentligi AQSh yangi prezidenti Jo Bayden Rossiyaga qarshi turli sanksiyalar kiritishni, jumladan Rossiya banklarini SWIFT tizimidan uzish kabi qattiqqo‘l choralar haqida o‘ylab ko‘rayotganini xabar qilingan edi.
Shundan so‘ng Xavfsizlik kengashi raisi Dmitriy Medvedev, haqiqatda shunday bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagan, lekin rossiyaning bunga qarshi chorasi borligini aytib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0