Hodisalar

DXX oʻtgan yili 4 ta terrorchilik aktining oldi oldi

© MVDV Uzbekistane zaderjanы chlenы techeniya "Djixadistы"
V Uzbekistane zaderjanы chlenы techeniya Djixadistы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Ulardan 2 tasi Oʻzbekistonda, 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan edi.
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. 2020 yilda Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) idoralari saʼy-harakati bilan 4 ta terrorchilik aktining oldi olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Aniqlik kiritilishicha, ulardan 2 tasi Oʻzbekistonda, 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan edi.
Oʻtgan yili ekstremistik va terroristik tashkilotlarning 67 ta yashirin guruhlari faoliyatiga chek qoʻyilgan. Ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda ayblanib, xorijda yashirinib yurgan 98 nafar Oʻzbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi va javobgarlikka tortilgan.
Situatsiya na uzbeksko-kыrgыzskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2020
Oʻzbekiston DXX Qirgʻizistondan narkotik tashigan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻydi
Shuningdek, 747 kg.dan ortiq giyohvand moddalar, 251 ming dona psixotrop tabletkalar, 594 dona qurol, 4.781 dona oʻq-dori va 24,4 kg portlovchi moddalar noqonuniy muomaladan olingan. 540 dan ortiq korruptsiya bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻyildi.
Byudjet va kredit mablagʻlarining talon-taroj qilinishi hamda maqsadsiz ishlatilishi bilan bogʻliq holatlar aniqlanib, 557 mlrd. soʻm davlat foydasiga undirilgan.
Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga aloqador 102 ta jinoiy guruh fosh etildi.
Davlat sarhadlaridan noqonuniy olib oʻtilgan 58,3 mlrd. soʻmlik tovar-moddiy boyliklar qoʻlga olindi.
Dveri SIZO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2020
DXX jihodchilar faoliyatiga chek qoʻydi
Bundan tashqari, Oʻzbekiston prezidentining topshirigʻiga koʻra amalga oshirilgan “Mehr 3” va “Mehr 4” gumanitar operatsiyalari doirasida Suriya va Afgʻoniston davlatlarida ogʻir sharoitda qolgan 122 nafar ayollar va bolalar mamlakatga olib kelindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala