Hodisalar

Nurobodda qoʻylar suruvi nega hokimlik binosi oldiga haydab kelingani oydinlashdi

© AFP / DPA / KARL-JOSEF HILDENBRANDStado ovets v gorax
Stado ovets v gorax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga qoʻylar suruvi haydab kelingani aytilgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Samarqand viloyati Nurobod tumanida choʻponlar yaylov yoʻqligidan qoʻylarni hokimlik binosi oldiga toʻplagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Xabarda yozilishicha, holat 2021 yil 6 aprel kuni soat 16:00 larda sodir boʻlgan.
Aniqlanishicha, ilgari respublika Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan “SP LUXE” MCHJ qoʻshma korxonasiga 197, 2 ming gektar yaylov yer maydoni ajratilgan.
Taʼkidlanishicha, klaster “SP LUXE” MCHJ va Qorakoʻlcha massivida faoliyat koʻrsatayotgan “Sohibkor Hojiakbar” fermer xoʻjaligi oʻrtasida 49 yilga 834 gektar yaylov yer maydonini ijaraga olish boʻyicha shartnoma tuzilgan.
Unda 1450 bosh mayda shoxli mollarni boqish koʻrsatilgan. Ammo u yerda fermer xoʻjaligi rahbari 4 mingdan ziyod chorva mollarini boqqan. Bu esa “Qilichli” mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab boʻlgan. Keyin mahalliy aholi klasterning 1450 bosh qoʻylarini tuman markaziga haydab kelgan.
Shundan soʻng, tuman hokimi, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi boshchiligida “SP LUXE” MCHJ qoʻshma korxonasi ish boshqaruvchisi hamda fuqarolar bilan yigʻilish oʻtkazilgan. MCHJ rahbari “Sohibkor Hojiakbar” fermer xoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan shartnomani bekor qilinishi mutassaddilar nazoratiga olingan.
“Yuqoridagi kabi holatlar takrorlanmasligi maqsadida aholining chorva mollari uchun ayni vaqtlarda yuqoridagi Klaster korxonalari tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinlariga masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etgan holda, birinchi navbatda qishloq aholisi chorva mollari uchun ajratilishi boʻyicha kelishib olindi”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala