Iqtisod

Oʻtgan yili 671 mlrd soʻmlik noqonuniy xarajat va oʻzlashtirishlar aniqlandi – Hisob palatasi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Hisob palatasi 2020 yilda 87 ta nazorat tadbirlari va tahliliy oʻrganishlar olib borgan.
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Hisob palatasi 2020 yilda jami 671,3 mlrd soʻmlik noqonuniy xarajatlar, kamomad va oʻzlashtirishlarni aniqladi. Bu haqda palata raisining birinchi oʻrinbosari B. Turobovning Qonunchilik palatasida bergan hisobotida maʼlum qilindi.
Hisob palatasi 2020 yilda 87 ta nazorat tadbirlari va tahliliy oʻrganishlar, Davlat byudjetining barqarorligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirgan.

“2020 yilda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 671,3 mlrd. soʻmlik noqonuniy xarajatlar, kamomad va oʻzlashtirishlar hamda samarasiz xarajatlar, 1 trln. soʻmdan ortiq xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatlari aniqlangan”, - deyilgan xabarda.

Aniqlangan 23,8 mlrd. soʻmlik kamomad va noqonuniy xarajatlar hamda ortiqcha moliyalashtirilgan 8,4 mlrd. soʻm mablagʻlar jamgʻarmaga qaytarilgan.
Bundan tashqari, oʻrganish va tahlillar natijasida jami 801,5 mlrd. soʻmlik qoʻshimcha daromad manbalari mavjudligi aniqlangan. Shundan 233,5 mlrd. soʻmining undirilishi taʼminlangan va qolgan qismlarini undirish choralari belgilangan.
Shavkat Mirziyoyev obsudil byudjet na 2021 god - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2020
Iqtisod
Davlat byudjeti 2021: pandemiya xarajatlari ham hisobga olindi
Deputatlar Xalq taʼlimi vazirligi muassasalarida 192,2 mlrd soʻmlik moliyaviy xato, kamchiliklar va oʻzlashtirishlar aniqlanganiga alohida eʼtibor bergan. Shuningdek, ular xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan 21 mlrd soʻmlik samarasiz xarajatlarga yoʻl qoʻyilganini tanqid qilishgan. Misol tariqasida, Beruniy tumanida 420 mln soʻmga qurilib foydalanishga qabul qilingani koʻrsatilgan 58-maktab filialida umuman qurilish boʻlmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala