Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning investitsion xabiga aylanishi mumkin – Promsvyazbank

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAleksey Tyupanov, rukovoditel bloka mejdunarodnogo biznesa PSB
Aleksey Tyupanov, rukovoditel bloka mejdunarodnogo biznesa PSB - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Oʻzbekistonlik banklar Yevropa, Xitoy, Koreyadan ham moliyalash boʻyicha takliflar olayotgani - bu yerda bank bank sohasi rivojlanib, raqobat oshayotganini koʻrsatadi.
Toshkentda boʻlib oʻtayotgan "Innoprom" xalqaro koʻrgazmasi doirasida Rossiyaning PSB (Promsvyazbank)ining xalqaro biznesi rahbari Aleksey Tyupanov bankning Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish rejalari haqida soʻzlab berdi.
— Bugungi kunda Oʻzbekiston va PSB hamkorligi natijalari qanday?
— Ayni damda biz Oʻzbekistonda 500 mln dolarlik loyihalarni moliyalashtirdik va bu koʻrsatgichni 1 milliardga dollarga yetkazmoqchimiz, lekin bu bizning mijozlarimiz – Oʻzbekiston bozoriga chiqayotgan Rossiya kompaniyalariga bogʻliq.Ularning talablari va investitsion loyihalariga. Biz kelajakda bu miqdorni yana ham oshirishga tayyormiz.
— Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalar haqida aytib bera olasizmi?
— Bugungi kunda Oʻzbekistonda bank sektori aktivlarining 85% - davlat ulushidir. Ular bilan ishlash juda qulay. Biz Oʻzbekiston bozorida hamkorlikni dastlab bank sektoridan boshlagan edik. Keyingi bosqichda – korporativ sektorni moliyalashtirishga oʻtdik. Birinchi navbatda bu - NGMK va AGMK. Bu Oʻzbekistonning eng yirik ikki kompaniyasi boʻlib ular soliqlarning deyarli 70%ini taʼminlaydi.
Valyuta bozori erkinlashtirilganidan soʻng Oʻzbekiston Rossiya banklari uchun jozibador boʻldi va bu yerga jiddiy investitsiyalar oqib kela boshladi. Makroiqtisodiy koʻrsatgichlari boʻyicha Respublika - qiziq bozor.
Biz kelajakda banklar va korporatsiyalar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchimiz. Birinchi navbatda neft va gaz sohasida.
—PSB "Innoprm"ga qanday taklif va gʻoyalar bilan kelgan?
— Biz qator vazirlik va muassasalar bilan uchrashuvlar oʻtkazdik va ularning yakunlari boʻyicha takliflarimiz bor.
Birinchidan – banklar bilan alohida yirik investitsion loyihalar borasida hamkorlik borasida qator takliflarimiz bor.
Biz Oʻzbekiston kompaniyalarining xalqaro qarz bozoriga chiqishidan manfaatdormiz.
Undan tashqari neft a gaz sohasida qator qiziq loyihalar bor. Biz ularning tashabbuskori emasmiz, lekin ishtirokchichisimiz. Afsuski hozircha ular haqida batafsil maʼlumotlarni ochiqlay olmayman.
— Oʻzbekistonda keng koʻlamli oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan infratuzilmaviy loyihalar borasida qator ishlar qilinmoqda. PSB uchun bu soha qizqiqmi?
— Albatta bu soha juda qiziq. Bu borada birinchi loyiha Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi boʻldi. Bu davlat koʻmagida qurilgan xususiy loyihadir. Oltin yo’l GTL ulkan zavodi ham shular jumlasidan. Undan tashqari M25 gaz koniga va Olmaliq TKMga doir loyiha ham bor.
Koʻrinib turibdiki, Oʻzbekistonga kelayotgani yirik investitsion loyihalar juda koʻp va ularning barchasi qoʻshilgan qiymatni oshirishga qaratilgan. Ushbu loyihalarda nafaqat Rossiya banklari balkim xalqaro banklar ham ishtirok etayotgani bu ham koʻrsatgich.
Sakkiz yil oldin loyihalarda biri boʻyicha "Innoprom" koʻrgazmasiga kelganimda Oʻzbekiston bozori atrofidagi bunchalik shov-shuv boʻlishini kutmagan edim.
— Oʻzbekiston bilan banklararo aloqalan qanday rivojlanmoqda? Asosiy eʼtibor nimaga qaratilmoqda?
— Oʻzbekistonlik doʻstlarimiz va hamkasabalarimiz bilan uchrashganda biz ular Yevropa, Xitoy, Koreya banklaridan ham moliyalash boʻyicha takliflar olayotganini koʻrdik. Bank bank sohasi rivojlanib, raqobat oshayotganini koʻrsatadi.
Boshqa davlatlar moliya muassaslari bilan biz 1-2 yillik kreditlash masalalarini muhokama qilmoqdamiz. Ularning ayrimlari bilan Oʻzbekiston banklari orqali moliyalash masalasida muzokaralar olib bormoqdamiz. Bunday loyihalar qishloq xoʻjaligida va metallurgiya sohasida ham bor. Oʻzbekistonlik hamkorlar bilan biz asosian uzoq muddatli loyihalarni muhokama qilmoqdamiz.
— Markaziy osiyoda hamkorlik qilish istiqbollari umuman qanday?
— Markaziy Osiyo hududida PSB Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan ishlaydi. Oʻzbekiston, kelajakda Tojikiston, Qirgʻiziston va Afgʻonistonga investitsiyalar olib kirish boʻyicha qulay maydoncha yoki oʻziga xos xab boʻlishi mumkin. Shu sababli biz Oʻzbekistonni qoʻshni davlatlarga kirish nuqtasi sifatida ham koʻrib chiqmoqdamiz.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala