Madaniyat

“Oʻzbekkino” nomi oʻzgartirildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov30 dekabrya v natsionalnom agentstve Uzbekkino proshel Den otkrыtыx dverey dlya obщestvennosti, SMI i blogerov
30 dekabrya v natsionalnom agentstve Uzbekkino proshel Den otkrыtыx dverey dlya obщestvennosti, SMI i blogerov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Prezident farmoni bilan "Oʻzbekkino" milliy agentligi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi.
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. “Oʻzbekkino” milliy agentligi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolaganKino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonda aytilgan.
Farmon bilan Agentlikka “Oltin Xumo” milliy kino mukofoti taqdimotini har yili anʼanaviy ravishda oʻtkazib borish, “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini taʼsis etish va uni 2021 yildan boshlab muntazam oʻtkazib borish boʻyicha tashabbus koʻrsatish vazifasi yuklatilmoqda.
Kinematografiya agentligi oldiga xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish vazifasi qoʻyilgan.
VI Mejdunarodnыy kinofestival stran Azii, Afriki i Latinskoy Ameriki. Otkrыtiye festivalya vo Dvortse iskusstv. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2020
Madaniyat
Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi
Milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan ragʻbatlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish uning asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻladi.
Shuningdek, agentlik zimmasiga sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinishini taʼminlash, kinoprokat tizimini rivojlantirish va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib chiqish vazifasi yuklatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala