Putin limuzini, ajdar-traktor va moʻʼjizaviy-teleskop: "Innoprom"dagi noyob eksponatlar

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPrototip rossiyskogo avtomobilya Aurus
Prototip rossiyskogo avtomobilya Aurus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Toshkentda ilk bor oʻtkazilgan "Innoprom" sanoat haftaligida million dollarlik shartnomalar imzolandi va u ishbilarmonlar uchrashgan eng yirik tadbirlardan biri sifatida yodda qoldi. Ammo biznes va sanoatdan yiroq boʻlgan insonlar uchun ham koʻrgazma juda qiziqarli kechdi.
Sputnik Oʻzbekiston muxbiri eng qiziqarli stendlardan reportaj tayyorladi.

Yangilangan "K-700" — traktorlar ichida ajdaho

K-700 M traktorining yangilangan modeli — qishloq xoʻjaligi frontining afsonaviy jangchilaridan biridir. Hech bir mubolagʻasiz aytish mumkinki, koʻrgazmaning uch kunida ham butun dunyoga mashhur "Kirovchi" erkaklar bilan bir qatorda ayollarni ham oʻziga ohangraboday rom qildi.
Bahaybat texnika kabinasiga oʻrnashib olgan tashrif buyuruvchidan taassurotlari haqida soʻrayman. "Dahshat! Ulkan ajdar ustida oʻtirganday his qilyapman oʻzimni", - deydi hazilomuz tarzda texnikadan hayratini yashirmagan suhbatdoshim.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSelskoxozyaystvennaya texnika na vыstavke "Innoprom" v Tashkente
Selskoxozyaystvennaya texnika na vыstavke Innoprom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Selskoxozyaystvennaya texnika na vыstavke "Innoprom" v Tashkente
Modulli mashinaning asosiy afzalliklari: u yangi dehqonchilik tizimi va avtomatlashtirilgan uzatgich qutisi va uni boshqaradigan yangi tizim bilan taʼminlangan. Shu bilan birga mexanizatorning ish joyi - kabina - konditsioner bilan jihozlangan hamda qulayligi, xavfsizligi (chang oʻtkazmasligi) bilan ajralib turadi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, dehqonchilik mavsumi ayni qizigan pallada kabina traktorchi uchun bemalol uy vazifasini oʻtashi mumkin. Bunday texnika dangʻillama hovlidek narxlangani ham bejizdan emas.

Dushman kimligini biling: koronavirus SARS-CoV-2ni inaktivlashtirilgan shtammi

Dunyoda birinchi boʻlib koronavirusga qarshi vaktsinani yaratgan N.F. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi koʻrgazmada Rossiyada ishlab chiqarilgan soʻnggi noyob ishlanmalarni taqdim etdi — bu koronavirus infektsiyasining inaktivlashtirilgan shtammi standart namunasi, shuningdek, inson DNKsi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStandartnыy obrazets inaktivirovannogo shtamma "GK2020/1" koronavirusa Sars-Cov-2
Standartnыy obrazets inaktivirovannogo shtamma GK2020/1 koronavirusa Sars-Cov-2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Standartnыy obrazets inaktivirovannogo shtamma "GK2020/1" koronavirusa Sars-Cov-2
Namunalar PTSR usuli bilan olingan natijalar diagnostikasi va nazorati ishonchliligini oshirishga moʻljallangan.
Koʻrgazmada namoyish etilgan namunalar dunyoda yagona.

"Bu Forishmi?!" – markazida AES boʻlgan aqlli shahar

Tashrif buyuruvchilarning eng katta qiziqishiga va koʻplab savollarga sabab boʻlgan ekspozitsiya - atom stantsiyasi maketi boʻldi, desak yanglishmaymiz. AESga koʻzi tushgan borki, "Bu Forishmi? Jizzaxda shunday stantsiya quriladimi?", deya savol berardi.
Maʼlum boʻldiki, koʻrgazmadagi Forishda barpo etilishi rejalashtirilgan AES maketi emas ekan. Toshkentdagi koʻrgazmada namoyish etilgan maket - bu VVER-1200 dizaynidagi 3+ reaktorlariga ega AESga xizmat koʻrsatuvchi "aqlli" shahar namunasi ekan, xolos. Atom energetikasi – elektr olishning uglerodsiz manbasi boʻlib, u tabiiy resurslarni tejash va atrof-muhitni ifloslantirmaslik imkonini beradi.
AES shamol va quyosh energetikasi bilan bir qatorda iqlimni saqlashga hissa qoʻshib, infratuzilma rivojlanishiga xizmat qiladi", — deya tushuntirishadi "Rosatom" xodimlari. Maketda taxminan 10 ming aholiga moʻljallangan zamonaviy, "aqlli" shaharni koʻrish mumkin. Hududda qoʻriqxona, yashil zonalar, turar joylar, kontsert zallari, sport maydonchalari aks etgan. Hatto, uchar eko-avtomobillarni koʻrish mumkin. AESning oʻzi 3 ming kishini ish bilan taʼminlashi koʻzda tutilgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMaket AES na stende Rostexa v ramkax vыstavki INNOPROM
Maket AES na stende Rostexa v ramkax vыstavki INNOPROM - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Maket AES na stende Rostexa v ramkax vыstavki INNOPROM
Atom energetikasi sanoatning boshqa tarmoqlari, taʼlim tizimi bilan ham uzviy bogʻliq, sababi, bunday murakkab va strategik sektor uchun yuqori malakali kadrlar zarur. Bunday yetuk kadrlarni tayyorlash uchun "Rosatom" shaharlarda maktablar, oliy taʼlim muassasalarini ochadi. Kelajak shahri aks etgan ushbu keng koʻlamli eksponat koʻrgazma mehmonlarida juda katta qiziqish uygʻotdi.

Tanlanganlar uchun avtomobil

Toshkentga orzu avtomobili - VIP-shaxslar uchun moʻljallangan Rossiyada ishlab chiqarilgan "Aurus" limuzinining dastlabki koʻrgazma varianti ham olib kelindi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPototip rossiyskogo avtomobilya "Aurus"
Pototip rossiyskogo  avtomobilya Aurus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Pototip rossiyskogo avtomobilya "Aurus"
"Putin xuddi shunaqa mashinada yuradi", — derdi bir-biriga shivirlab koʻrgazma ishtirokchilari. Putinning limuziniga oʻxshash premium-sinfdagi mashina yonida esdalik uchun suratga tushishni xohlovchilar juda koʻp boʻldi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPototip rossiyskogo avtomobilya "Aurus"
Pototip rossiyskogo  avtomobilya Aurus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Pototip rossiyskogo avtomobilya "Aurus"
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti "Aurus" limuzinida 2018 yilning may oyida oʻtkazilgan inauguratsiyasida omma oldidan oʻtgan edi.
V Moskve prezentovali sedan i limuzin Aurus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2019
Dunyoda
Putinning yangi limuzinini birinchi marta Qirgʻizistonda koʻrishadi
Bunday avtomobilning narxi 250 000 dollarni tashkil etadi.

"Kosmosni nishonga oling"

Premium avtomobillar qatoridan toʻgʻri ulkan teleskop va koʻplab mikroskoplar joy olgan stend tomon yoʻl olaman.
"Bizning stendimizdan hammayoq koʻrinadi", — deydi hazillashib tanishuvdan soʻng Lыtkarinsk optik shisha zavodi ishlab chiqaruvchilari.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPosetiteli vыstavki znakomyatsya s teleskopom
Posetiteli vыstavki znakomyatsya s teleskopom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Posetiteli vыstavki znakomyatsya s teleskopom
Koʻrgazmadan mikroskoplar, astronomik kuzatuvlar uchun teleskop va fotoobʼyektivlar oʻrin olgan. Kompaniya Toshkentga oʻzining eng soʻnggi ishlanmasi - "Astro Apo" professional teleskopini olib kelgan.
Teleskop yordamida oʻta aniq kuzatuvlar va sifatli fotosʼyomkalarni amalga oshirish mumkin. Jumladan, uning yordamida uzoq guruhdagi sayyoralar, tumanliklar, yulduzlar turkumini tomosha qilish mumkin.
Kompaniya vakili teleskop orqali "Oʻzekspomarkaz" paviloni oynasidan koʻrinib turgan Toshkent teleminorasini tomosha qilishni taklif etdi. Albatta, bu mashgʻulot juda qiziq kechdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVid bashni iz teleskopa
Vid bashni iz teleskopa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Vid bashni iz teleskopa
Teleskop narxi 20 ming dollar, u bilan uydan yoki ochiq maydondan turib sayyoralarni kuzatish mumkin. Ishlab chiqaruvchining soʻzlariga koʻra, teleskop orqali Oyni bir marta koʻrgan inson qilgan harajatlariga sira achinmas emish.
Men esa bu ishni yulduzlar makonining chinakam shaydolariga qoldirdim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala