Iqtisod

Oʻzbekistonda "yashil" vodorod energetikasi rivojlantiriladi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Fotobankka oʻtishTramvay na vodorodnom toplive v Sankt-Peterburge
Tramvay na vodorodnom toplive v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2021
Oʻzbekiston qayta tiklanadigan energiya manbaalarini rivojlantirish maqsadida vodorod energetikasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi.
TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda ekologik toza hisoblangan vodorod energetikasi rivojlantiriladi. Bu haqida prezidentining 2021 yil 9 aprelda imzolangan 5063-sonli qarorida aytib oʻtilgan.
Hujjatda aytiishiga koʻra, Oʻzbekiston, rivojlangan mamlakatlardan oʻrnak olgan holda, uglevodorodli energiya manbaalri oʻrniga ekologik toza va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan “yashil” vodorod energetikasini rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratadi.
Shu munosabat bilan, Energetika vazirligi quyidagilarni tashkil etadi:
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti;
ushbu Institut tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi;
Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasi;
Vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha yaqin va uzoq muddatga moʻljallangan "milliy strategiya" va "yoʻl haritasi" ishlab chiqilishi;
Yosh olim va mutaxassislarni xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborish.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston 2018 yilda ekolgiyaga doir Parij bitimini imzolagan va ushbu bitimga koʻra 2030 yilga qadar issiqxona gazlarining YAIMga nisbatan hajmini 2010 yildagi darajadan 10 %ga kamaytirish majburiyatini qabul qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala