Jamiyat

Senat termizlik zoʻrlangan oʻquvchi qiz ishini nazoratga oldi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Jinoyatni amalga oshirgan shaxsning doʻstlari Termiz shahar IIO FMBda faoliyat yuritishi, shu sababli ish bosti-bosti qilib kelinayotgani ota-onaning soʻnggi chora sifatida Senatga murojaat qilishiga sabab boʻlgan
TOSHKENT, 10 apr – Sputnik. Termizda maktab oʻquvchisi, voyaga yetmagan 16 yashar qizning nomusiga tegish holati Oʻzbekiston Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan nazoratga olindi.
Senator Farhod Boqiyev shahar IIO FMB jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etgani va bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida gumondorga chora koʻrilmaganini maʼlum qilgan.
Xabarda aytilishicha, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida B.E. ismli shaxs 2020 yilning yanvar oyida 16 yoshli voyaga yetmagan (maktab oʻquvchisi) qizning ojizligidan foydalanib nomusiga tekkan. Achinarlisi, bu holat 2020 yilning fevral oyida voyaga yetmagan qizni zoʻrlagani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼlum qilishini aytib, uni qoʻrqitadi va takroran kuch ishlatib nomusiga tegadi.
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2020
Jamiyat
Bosh prokuratura: 16 yoshli qizning nomusiga teggan xonanda qonun oldida javob beradi
"Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qariyb 14 oydan beri Termiz shahar IIO FMB tomonidan qonuniy choralar koʻrilmay kelinmoqda. Eng achinarlisi, jabrlanuvchi qizning ota-onasi adolatni qaror toptirish, jinoyatni amalga oshirgan shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻrab bir yildan beri Termiz shahar IIO FMBga va boshqa maʼmuriy idoralarga qilgan barcha murojaatlari eʼtiborsiz qodirilgan", - deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, Termiz shahar IIO FMB tomonidan mazkur voqea boʻyicha sifatsiz tekshirishlar oʻtkazilganligi, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqidagi qarorlar qabul qilganligi hamda jinoyatni amalga oshirgan shaxsning doʻstlari Termiz shahar IIO FMBda faoliyat yuritishi, shu sababli ish bosti-bosti qilib kelinayotgani ota-onaning soʻnggi chora sifatida Senatga murojaat qilishiga sabab boʻlgan.
Tergov qoʻmitasi axborot-xizmati ham mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat eʼlon qildi.
Qoʻmita xabariga koʻra, Termiz shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasida qizning badanida tan jarohatlari va ularning izlari aniqlanmaganligi, qizlik pardasining anatomik butunligi buzilganligi, lekin hodisa ancha oldin boʻlganligi sababli buzilish muddatini aniqlashning imkoniyati yoʻqligi koʻrsatilgan.
Jenщina derjit za ruku rebenka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2020
Hodisalar
Surxondaryoda uchinchi sinf bolasi qishloqdoshi tomonidan zoʻrlandi
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv jarayonida bir qator tergov harakatlari amalga oshirilib, ishga aloqador fuqarolardan tushuntirish xatlari olingan. Bundan tashqari mazkur holat doirasida sud-psixologiya hamda sud-psixiatriya ekspertizalari tayinlanib, xulosalari ish materiallariga qoʻshilgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yil mart oyida fuqaro B.E.ning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud boʻlmaganligi asosi bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Termiz shahar prokuraturasi tomonidan 5 aprel kuni jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish qarori bekor qilinib, qoʻshimcha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish uchun Termiz shahri boʻyicha IIO FMBga yuborilgan va yurituvga olingan.
Destkiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2020
Analitika
Ilk sinov va jiddiy muammolar: bolalar ombudsmani bilan eksklyuziv intervyu
Mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti koʻrsatmasiga binoan masʼul xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruv tayinlangan.
Hozirda Termiz shahri boʻyicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan 6 aprel kuni sudga oid qayta komission tibbiy ekspertiza tayinlanib, toʻplangan hujjatlar Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga yuborilgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala