Iqtisod

Oʻzbekiston va Qatar qator sohalarda hamkorlikni sezilarli oshirmoqchi

© Press-slujba MID RUzAbdulaziz Kamilov v Doxe vstretilsya s emirom Katara sheyxom Tamimom bin Xamadom Al Tani
Abdulaziz Kamilov v Doxe vstretilsya s emirom Katara sheyxom Tamimom bin Xamadom Al Tani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Kamilov va Qatar amiri ikki mamlakat munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Dohada Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan qabul qilindi.
Kamilov mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar amiriga yoʻllagan maktubini yetkazdi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi oʻzaro aloqalarning dolzarb jihatlari toʻgʻrisida fikr almashildi.
Oʻzbekiston va Qatar koʻp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim salohiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
“Tomonlar oʻzaro siyosiy muloqotni faollashtirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni sezilarli darajada oshirish zarurligini taʼkidladilar”, - deyilgan TIV xabarida.
Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha afgʻonlararo inklyuziv muzokaralarni ilgari surishning muhimligi taʼkidlandi.
Qatar tomoni Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2021
Siyosat
Abdulaziz Kamilov Qatarga tashrif buyuradi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala