Dunyoda

Qirgʻizistonda referendum va mahalliy saylovlar boʻlib oʻtmoqda

© SputnikV Kыrgыzstane nachalis vыborы v mestnыe keneshi i referendum po proyektu novoy Konstitutsii.
V Kыrgыzstane nachalis vыborы v mestnыe keneshi i referendum po proyektu novoy Konstitutsii. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Sputnik Qirgʻiziston nashriga xabariga koʻra, mamlakat boʻylab saylov uchastkalari soat 20:00 ga qadar ochiq boʻladi
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Qirgʻizistonda konstitutsiyaning yangi tahriri boʻyicha referendum va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar boshlandi.
Sputnik Qirgʻiziston nashriga xabariga koʻra, mamlakat boʻylab saylov uchastkalari soat 20:00 ga qadar ochiq boʻladi. Referendum ishtirokchilari roʻyxatida 3,6 million kishi qayd etilgan.
Mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarda 420ta shahar va qishloq kengashlaridagi 7560 oʻringa 18772 nomzod daʼvogarlik qilmoqda.
Konstitutsiyaning yangi tahriri bilan mamlakatda boshqaruvning prezident shaklini tasdiqlash, Xalq qurultoyi (Xalq majlisi) instituti kiritish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, prezident va hukumat institutlarini qayta shakllantirish rejalashtirilmoqda. Vazirlar mahkamasini shakllantirish va ishiga prezident masʼul boʻladi, Vazirlar mahkamasiga esa prezident maʼmuriyati boshligʻi rahbarlik qiladi. Hujjat bilan parlament deputatlarining sonini 120 nafardan 90 nafargacha qisqartirish taklif qilinmoqda.
Aslida, taklif qilinayotgan yangiliklar parlament-prezident boshqaruvidan prezident boshqaruvi shakliga qaytishni anglatadi - 10 yanvardagi referendumda uni yoqlab mamlakat fuqarolarining 80 foizi ovoz bergandi. Referendumda saylovchilarning 30 foizdan koʻprogʻi ishtirok etsa, boʻlib oʻtgan deb tan olinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala