Jamiyat

Toshkent metrosida poyezd eshigi ochiq harakatlanishiga sabab boʻlgan uch kishi ishdan olindi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishPassajir v meditsinskoy maske v vagone poyezda
Passajir v meditsinskoy maske v vagone poyezda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlanishi ortidan harakat tarkibining mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi ishdan boʻshatildi
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Toshkent metrosida poyezd ochiq eshik bilan harakatlangani ortidan uch xodim ishdan olindi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK tekshiruv yakunlariga koʻra maʼlum qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor yoʻnalishining “Pushkin” bekatidan “Buyuk ipak yoʻli” bekatiga yoʻlga chiqqan tarkib vagonlaridan bittasining eshigi ochiq holda harakatlanayotgani aks video tarqalgan edi.
Tekshiruv natijalariga koʻra, xizmat majburiyatlarini munosib ravishda bajarmagani uchun harakat tarkibi mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi egallab turgan lavozimlaridan ozod qilingan.
Bundan tashqari, elektr bazasi boshligʻining elektr harakatlanuvchi tarkibini taʼmirlash boʻyicha oʻrinbosari ish haqining 40 foizi miqdorida jarimaga tortilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala