Sport

Muhsin Hisomiddinov kurash boʻyicha xalqaro turnirning mutlaq vazn gʻolibi boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnыy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze
Mejdunarodnыy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Musobaqa erkak va ayollar oasida besh vazn toifasida boʻlib oʻtdi. Prezident sovrin fondi - 100 ming AQSH dollarini tashkil qildi.
TOSHKENT, 12 apr – Sputnik. Termizda kurash boʻyicha XV xalqaro turnirning mutlaq vazn toifasidagi gʻolibi aniqlandi. Muhsin Hisomiddinov ushbu Hakim at-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan ushbu anʼanaviy musoaqaning mutlaq vazn gʻolibi boʻldi.
Birinchi oʻrinni olgan polvon Oʻzbekiston prezidenti sovrini - 10 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ikkinchi oʻrinni egallagan Dadaxon Qurbonaliyevga (Tojikiston) - 5 ming dollar, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan Yaxyo Imomov (Oʻzb) va Nematullo Arslanqulov (Tjk) 3,5 mingdollardan sovrin berildi.
Termizshahridagi “Alpomosh” sport saroyida boʻlib oʻtgan ushbu musobaqada 26 davlatdan 50 dan ortiq polvonlar ishtirok etishgan. Turir erkaklar va ayollar orasida besh vazn toifasida boʻlib oʻtdi. Musobaqa sovrin fondi 100 ming AQSH dollarini tashkil qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala