Dunyoda

Yadroviy zavodga "hujum": Eron Isroildan oʻch olishga vaʼda berdi

flag Irana
flag Irana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Kuni kecha Erondagi Natanze uranini boyitish zavodida avariya yuz berdi.
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif Isroilni Natanzedagi yadroviy obʼyektga diversiya amalga oshirishda aybladi, Tehron buning uchun undan qasos olishga vaʼda berdi.
Diplomatning soʻzlariga koʻra, Isroil tomoni shu yoʻl bilan sanktsiyalarni olib tashlash yoʻlida erishilgan yutuqlarga javoban Erondan oʻch olmoqchi.

"Santsiyalarni bekor qilish jarayonida erishilgan yutuqlarga javoban sionistlar Eron xalqidan qasos olmoqchi, bizning javobimiz sionistlarning oʻzlariga yetib boradi", - deydi Zarif.

Vazirlik vakili Said Xatibzoda bu hujumni "Eron hududidagi yadroviy terrorizm harakati" deb atadi. Uning qoʻshimcha qilishicha, shikastlangan tsentrifugalar zamonaviylari bilan almashtiriladi.
Eron Atom energiyasi tashkiloti 11 aprel kuni Natanze uranini boyitish zavodidagi elektr taqsimlash tarmogʻida avariya yuz berganini maʼlum qildi. Yer osti tsentrifuga elektr energiya taʼminotisiz qoldi. Ularning tiklanish uchun taxminan bir yil vaqt kerak.
The New York Times nashri manbalariga koʻra, hujumga Isroil razvedkasi aloqador boʻlishi mumkin. Avariya portlash natijasida kelib chiqqanligi aytilmoqda.
Isroil hukumati hodisa yuzasidan hozircha hech qanday izoh bermadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala