Siyosat

Chegaraoldi hududlarni rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi

© Press-slujba xokimiyata Ferganskoy oblastiFlagi Kыrgыzstana, Uzbekistana i Tadjikistana
Flagi Kыrgыzstana, Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Fargʻonada uch davlatning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Qirgʻizistonning Batken viloyati va Tojikistonning Soʻgʻd viloyati rasmiylari va ishbilarmon doiralari delegatsiyalari 22 aprel kuni Fargʻonaga tashrif buyuradi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Mehmonlar biznes-forumda qatnashadilar, unda tomonlar Fargʻona, Batken va Soʻgʻd viloyatlari ishbilarmon doiralari ishtirokida chegaraoldi hududlarini integratsiya masalalarini muhokama qiladilar. Sanoat va qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik, shuningdek B2B va G2B formatida muzokaralar tashkil etiladi.
Tadbirlar dasturida viloyat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi ham oʻrin olgan.
Qirgʻiziston va Tojikiston vakillari Fargʻona viloyatidagi yirik sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyati bilan tanishadi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari koʻrgazmasiga tashrif buyuradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala