Iqtisod

Red Wings Oʻzbekistonga parvozlarni boshlashi mumkin – Manturov

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishSamolyot aviakompanii "Red Wings" v aeroportu "Domodedovo".
Samolyot aviakompanii Red Wings v aeroportu Domodedovo. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Ayni damda Red Wings aviatsiya parki toʻrt SSJ100 samolyotlaridan iborat, aprel oxirida ularga yana uchta samolyot qoʻshiladi.
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi Yekaterinburg va Chelyabinskdan Oʻzbekiston shaharlariga parvozlar amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ushbu parvozlarda SSJ100 - Sukhoy Superjet samolyotlaridan foydalanishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Red Wings Yekaterinburg va Chelyabinskdan Oʻzbekistonning yirik shaharlariga, jumladan Toshkent va Samarqandga ham parvozlar amalga oshirishni rejalashtirgan. Aviakompaniya rahbarlari yaqinda Toshkentda boʻlib oʻtgan “Innoprom” koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston hukumati bilan tegishli muzokaralarni oʻtkazdi. Oʻzbekiston tomonidan ham ushbu yoʻnalishlarda aviaaloqa oʻrnatishga qiziqish bor.

Plenarnoye zasedaniye Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Denis Manturov
Rossiya sanoat va savdo vaziri
Parvozlar amalga oshirila boshlashining aniq sanasi Rossiya hukumati tomonidan ushbu yoʻnalishlarga parvozlar amalga oshirishga ruxsat berilganidan soʻng belgilanadi.
Ayni damda Red Wings aviatsiya parki toʻrtta SSJ100 - Sukhoy Superjet samolyotlaridan iborat. Aprel oxirida ularga yana uchta samolyot qoʻshilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oʻzbekiston va Rossiya orasida doimiy jadvalga asosan haftasiga ikki marotaba parvozlar amalga oshirilmoqda. Qolgan parvozlar esa – maxsus charter reyslar hisoblanadi.
Doimiy parvozlar: Rossiyaning Aeroflot kompaniyasi tomonidan "Moskva — Toshkent — Moskva" yoʻnalishida har yakshanbada kunia amalga oshiriladi. UzAirways tomonidan esa — "Toshkent — Moskva — Toshkent" yoʻnalishi boʻyicha har shanba kunlari amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala